TOSHNING ICHIDAGI SUV

46

Termezning qoʻyi mahallasida ikki qoʻshni yashardi — biri temirchi Orif, biri dehqon Salim.

Orif kuchli, qoʻllari temirdek qattiq, ovozi baland. Salim esa oddiy — kam gapirar, ohista yurardi.

Bir yil qattiq qurg’oqchilik keldi. Quduq qurib qoldi. Mahalla odamlari bosh qotirdi.

Orif dedi:

— Men toshni yoraman! Ichida suv bor deyishadi.

Katta bolg’ani oldi. Bir urdi — tosh qimirlamadi. Ikki urdi — yana. O’n urdi, yigirma urdi. Tosh bir joydan ham yorilamdi. Orif nafas rostlab, bolg’ani yerga urdi:

— Bu tosh temir ekan. Iloji yo’q.

Salim so’zsiz kelib, kichkina bolg’asi bilan toshning bir nuqtasiga ura boshladi. Bir xil joyga. Bir xil kuchda. Tinmay.

Mahalla odamlari kuldi:

— Salim, Orif uddasidan chiqolmadi, sen qayoqdan…

Salim indamadi. Uraveravardi.

Yuzinchi zarbada tosh yorildi. Ichidan tiniq suv chiqdi.

Orif unga tikilib qoldi.

Salim faqat shunday dedi:

— Sen kuchliroqsan. Men — toqatliroq.

Toshni yuz zarba yormaydi — yuzinchi zarba yoradi. Lekin u zarba uchun to’qson to’qqizini urish kerak.

2-kurs talabasi Xusanboy Abduraximov