ISLOM DINIDA TINÇLIK VA BAĞRIKENGLIK
8

Yer yuzida barça millat va elatlar uçun tinçlik tuşunçasi juda e’zozli va qadrli tuşunçadir. Nafaqat oila balki, butun bir mamlakatlar miqyosida har xil iqtisodiy, siyosiy xalqaro muammolarda saqlanadigan tinçlik har bir insonga alohida mas’uliyat yuklaydi. Iqtisodni mustaqil taraqqiyot yöliga boşlagan davlatlarga tinçlik va osoyiştalik lozimligini tarixdan körişimiz mumkin.
Mustaqillikka erişgan respublikalar albatta tinçlikni saqlaşlari zarur. Faqat tinçlik saqlangan holda, biz mustaqil töğri yölni tanlay olamiz. Faqat tinçlikni saqlagan holda, biz iqtisodiy rivojlana olamiz[1].
Bağrikenglik — bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni,
özini ifodalaşning va insonning alohidaligini namoyon qilişning
xilma-xil usullarini hurmat qilişi, qabul qilişi va töğri tuşunişni
anglatadi. Uni bilim, samimiyat, oçiq muloqot hamda hurfikr, vijdon
va e’tiqod vujudga keltiradi. Bağrikenglik turli-tumanlikdagi
birlikdir. Bu faqat ma’naviy burçgina emas, balki siyosiy va huquqiy
ehtiyoj hamdir. Bağrikenglik tinçlikka erişişni muşarraf
qilguvçi va uruş madaniyatsizligidan tinçlik madaniyatiga eltuvçidir[2].
“Bağrikenglik” tuşunçasining ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatşunoslik, sotsiologiya, filosofiya, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinşunoslik kabi sohalarda keng istifoda etiladigan tuşunçalardan biri hisoblanadi. Lotinça “tolerare” ya’ni “çidamoq”, “sabr qilmoq” ma’nosini anglatadi. Uşbu söz bir insonning boşqa bir inson dunyoqaraşiga toqat qilişini bildirsa-da, etimologik tahlil uning tom ma’nosini doim ham oçib beravermaydi[3].
Butun başariyat uçun yagona diniy ta’limot bölişi mumkin emas. Barça dinlar zamirida ezgulik mavjud bölib, eng kam tarqalgan dinlarda ham ezgulik eng asosiy vazifalardan hisoblanadi. Şu nuqtai nazardan barça jahon dinlarini bağrikenglik asosida örganmoğimiz lozim. Şundagina, biz öz dinimizning asl mazmun-mohiyatini töğri tuşuna olişimiz mumkin.
Islom dini dunyo xalqlariga Alloh taoloning uluğ da’vati rahm-şafqat, xotirjamlik, tinçlik va adolatni keltirdi, insonlar örtasida taqvodan boşqa afzallik yöq, ular bir-birlari bilan tengdir, degan ğoyani olğa suradi. Islom dini özga dinlarni inkor etmaydi, aksinça Allohning kalomi Qur’oni karim özidan oldingi muqaddas kitoblar Zabur, Tavrot, Injillarni tan olişga, ahli kitoblarni, ya’ni boşqa din vakillarini hurmat qilişga çaqiradi.
Islom özining ilk davridayoq bağrikenglik dini sifatida namoyon böldi. “Baqara” surasining 256-oyatida “La ikraha fid-din” (“Dinda zörlaş yöq”)-deyilgan. Qur’onda payğambarimizning öziga xos şajarasi quyidagi tarzda keladi:
“Allohga, bizga nozil qilingan narsa (Qur’on)ga va Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yoqub va (uning) avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Muso va Iso hamda barça payğambarlarga Parvardigorlari tomonidan berilgan narsa (vahiy)ga imon keltirdik. Ularning orasida birortasini (tasdiqlaşda) farq qilmaymiz va Uning özigagina böyin sinuvçilarmiz”[4].
Köpinça Qur’on va hadislardagi ba’zi örinlarni, ayniqsa uruş haqidagi, jihod töğrisidagi körsatmalarni notöğri ravişda, jangarilik ruhida talqin qilişadi. Vaholanki, haqiqiy islom nuqtai nazaridan qaralsa, bunday uruş faqat mudofaa maqsadida olib borilgandagina şar’iy (qonuniy)dir. Aks holda, hatto islom dinini tarqatiş uçun bölganda ham uruş muqaddas emasdir. Qur’on oyatlarini sinçiklab örgangan kişi şak-şubhasiz şunday xulosaga kelişi muqarrar.
“Arab tilida “islom” sözi “tinçlik” degan sözning özagidan olingan. Qur’on uruşni Xudoning irodasiga zid ğayritabiiy holat sifatida qoralaydi… Islom muxolif tomonni yöqotişga qaratilgan bosqinçilik uruşlarini ta’qiqlaydi… Islom faqat muqarrar bölib qolgan va himoyalaniş uçun böladigan uruşlarnigina tan oladi va ayrim hollarda ularni odamlarga qilinayotgan haqsizlik va azob-uqubatlarni tugatişga qaratilgan ezgu majburiyat sifatida baholaydi. Ammo adolatli uruş ham qat’iy had — çegaralar hisobga olingan holda, iloji boriça insonparvarlik yöli bilan olib borilişi kerak.
Muhammad sallallohu alayhi vasallam faqatgina Makka muşriklari bilangina emas, balki bir paytning özida mahalliy yahudiy qabilalari, şuningdek yahudiylar bilan til biriktirib, unga hujum qilişni rejalaştirgan Suriyadagi nasroniy qabilalar bilan ham uruşişga majbur bölgandilar. Ammo bu holat uning qalbida duşmanlariga nisbatan nafrat tuğdirmadi, uni “Ahli Kitoblar”ni (nasroniy va yahudiylarni) la’natlaşga olib kelmadi. Uning musulmonlari öz hayotlarini jismonan himoya qilişga majbur bölişdi, lekin ular öz duşmanlarining diniga qarşi muqaddas uruşga kirganlari yöq.
Payğambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam musulmon qöşinlariga boşliq sifatida özlarining ozod qilgan qullari Zaydni nasroniylarga qarşi uruşga jönatayotganda unga Alloh yölida mardona jang qilişni, ammo insonparvarlikni unutmaslikni buyurganlar. Ular diniy xizmatçilarni, rohib va rohibalarni bezovta qilişmasdi, uruşda qatnaşmayotgan, bemajol odamlar, ayollar, yoş bolalar, keksalarni nişonga olmas, ularga zarar yetkazmasdi. Ular tinç fuqarolarni, aholini öldirişmagan, bino va uy-joylardan heç birini vayron qilişmagan…[5]».
Payğambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin musulmonlarga boş bölgan “xulofai roşidin” (ya’ni, töğri yöldagi xalifalar) ham ozod qilingan ölkalarda mahalliy aholi va yangi köçib kelganlar uçun tinç va xavfsiz holda ahil-totuv yaşaş imkoniyatini yaratib berişgan. Xalifalarning birinçisi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Suriyaga harbiy yurişga ketayotib, öz qöşinlariga Qur’oni karimning haqiqiy da’vatiga yorqin misol bölgan quyidagi buyruqni bergandilar:
“Ey, insonlar, men sizlarga çin dildan amal qilişingiz lozim bölgan ön qoidani ma’lum qilaman. Ularni aslo esdan çiqarmang va töğri yöldan adaşmang. Bolalarni, ayollarni va keksa kişilarni öldirmang. Xurmo daraxtlariga öt qöymang va daraxtlarni kesmang. Tuyalarni, podalarni va boşqa (hayvonlar) tödasini öldirmang… Siz özga işlar, oxirat dunyosiga xizmat qiliş bilan maşğul odamlarni uçratasiz. Şunda ularni öz holiga qöying. Sizga turli noz-ne’matlarni tuhfa qilib kelgan odamlarni uçratasiz, ulardan yeng, ammo Alloh nomini esga olişni unutmang”[6].
Xalifalikni Abu Bakr roziyallohu anhudan qabul qilib olgan xalifa hazrati Umar roziyallohu anhu özining özga dinlarga xayrixohligi, rahm-şafqatliligi va adolatparvarliligi bilan Islom dunyosidan taşqarida ham ma’lum va maşhur edi. U Arab xalifaligiga qöşilgan yerlarning xalqlari bilan Islomning çinakam adolatparvarligi va din erkinligiga xayrixohligiga misol böla oladigan qator bitimlarini tuzdi. Masalan, Quddus va Ludda nasroniylari bilan imzolangan xavfsizlik deklaratsiyasiga muvofiq şahardagi çerkovlar buzib taşlanmasligi, musulmonlar nasroniylarning ibodatxonalarini bosib olmasligi va ularda özining ibodatlari va siğinişlarini amalga oşirmasligi kafolatlangandi. Ana şunday şaroitlar Baytlahm (Vifleyem) nasroniylariga ham yaratib berilgandi. Ktesifon (al-Madain) şahri xalifalikka qöşib olingandan söng Nestorian patriarxi Ieşuyabga (650-660) berilgan Xavfsizlik Deklaratsiyasi ham çerkovlarning butunligini asrab qolişni va mavjud binolarning birortasini ham masjidga aylantirmaslik majburiyatini közda tutgandi… Xalifa hazrati Umar roziyallohu anhu öz majburiyatlariga sodiq qoldi. Şahar fath etilgandan söng köp ötmay Nestorian patriarxi Ieşuyabning öz döstiga yozgan maktubi hatto nasroniylarning özlari ham musulmon hukmdorlarning ahli kitoblarga adolat va xayrixohlik bilan munosabatda bölganlarini tan olişganiga yorqin dalil bölib xizmat qiladi: “Xudo Özining irodasini ato etgan… bu arablar bizga heç qanday zarar yetkazişmadi. Haqiqatdan ular bizning dinimizga, ruhoniylarimizga, çerkov va monastirlarimizga hurmat bilan qaraşdi…”[7].
Musulmonlar tomonidan fath etilgan davlatlarning xalqlari Islomni qabul qilişga zörlab majburlangan, degan soxta da’volar va tasavvurlar Ğarb tadqiqotçilarining özlari tomonidan rad qilindi, musulmonlarning adolatli va diniy xayrixohlik bilan munosabatda bölişini hamma tan oldi. Bu töğrida din tarixçisi L. Braun şunday deydi: “Nasroniylarning musulmonlar öz davlatlariga qöşib olgan xalqlarni qiliç bilan islomni qabul qilişga majburlagan, degan da’volari ğirt töqima ekanini isbot talab qilmaydigan dalillar tasdiqlab turibdi… Ularni yangi yerlarni qöşib olişga ruhlantirgan dinamik omillar ular odamlarni da’vat qilgan musulmon birodarligi va iymoni edi… Bu birodarlikning miqyosi xuddi sel kabi kengayib, Islomni qabul qilgan yangi odamlar bilan tölib-toşib boradi”[8].
Xulosa örnida, muqaddas kitoblarida qayd etilişiça, Xudo insonni bir ota va onadan yaratgan, lekin ular bir-biri bilan muloqat qilişi, tanişişi uçun millatlarga bölib qöygan. Dunyodagi dinlarning barçasi ezgulik ğoyasiga asoslanadi va yaxşilik, tinçlik, döstlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Din odamlarni halollik va poklik, mehr-şafqat, birodarlik va bağrikenglikka da’vat etadi[9]. Musulmonlar heç qaçon dunyoda buzğunçilik va duşmanlik uruğlarini sepişmagan. Ular qayerga yetib borişgan bölsa, öşa yerlarga va xalqlarga xavfsizlik, barqarorlikka çaqirişgan. Inson huquqlarini qamrab oluvçi va adolat tamoyillarini amalda qöllovçi insonparvar ijtimoiy tizim islom bilan hamohangdir. Islom bu tamoyillarni tan oladi va ularni ma’naviy, axloqiy hamda ijtimoiy tarafdan töldiradi.
Diniy bağrikenglik, “xilma-xil diniy e’tiqodga ega bölgan kişilarning bir zaminda, bir Vatanda, olijanob ğoya va niyatlar yölida hamkor va hamjihat bölib yaşaşini anglatadi”[10].
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi. Abdulaziz Mansur. Toşkent, 2001 y.
- Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: Özbekiston, 2023 y.
- Açildiyev A. Diniy bağrikenglik va mutaassiblik (yuz savolga yuz javob). – T.: 2007 y.
- Açildiyev A. Bağrikenglik – barqarorlik va taraqqiyot omili. – T.: 2007
- Diniy ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. Mas’ul muharrir: falsafa fanlari nomzodi, dotsent Z.Husniddinov. – T.: Toşkent islom universiteti naşriyot matbaasi, 2005 y.
- Islom va dunyoviy ma’rifiy davlat (özb. va nemis tillarida). Z.I.Munavvarov va V.Şnayder-Detersning Umumiy tahriri ostida. – T.: Imom Buxoriy xalqaro jamğarmasi-Fridrix Ebert jamğarmasi, 2003 y.
- Ensiklopediya. A-H. Z.Husniddinov tahriri ostida. – T.: Özbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy naşriyoti, 2004 y.
- Diniy bağrikenglik va mutaassiblik (yuz savolga – yuz javob), Toşkent islom universiteti, Toşkent 2007 y.
Muzaffar Qosimov,
“Xoja Buxoriy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi
ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mudir örinbosari
[1] Xalq sözi. 1993 y. № 12.
[2] YUNESKO xalqaro me’yoriy hujjatlari. Bağrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi. 2004. –B.90.
[3] Bağrikenglik – barqarorlik va taraqqiyot omili. -T.:TIU, 2007. –B. 88.
[4] Abduaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. “Oli Imron” surasi. 84-oyat. -T.: TIU, 2001.
[5] Islom terrorni la’natlaydi /Tarjimon: Ahmad Muhammad Tursun. -T.: Mutarjim, 2003. -B. 24.
[8] Islom terrorni la’natlaydi / Tarjimon: Ahmad Muhammad Tursun. -T.: Mutarjim, 2003. -B. 25.
[9] Hamjihatlik va bağrikenglik taraqqiyot omili. Özbekiston Respublikasi banalmillal madaniyat markazi. 2001 y. –B.30-31.
[10] Milliy istiqlol ğoyasi: asosiy tuşunça va tamoyillar -T.: «Özbekiston», 2000. 60-bet.
