BAG’RIKENGLIKDAN MAQSAD BU?

5

Islomda bağrikenglik — odamlarga adolat va yaxşilik bilan munosabatda böliş, haqorat va zulmga zulm bilan javob bermaslik hamda imkon bölsa keçirişdir. Ammo bağrikenglik haqiqatni botil bilan tenglaştiriş, zulmni ma’qullaş yoki keçirim zarar va yomonlikning davom etişiga sabab böladigan holatlarda ham jim turiş degani emas. Demak buning ham çegarasi va şartlari mavjud. Uşa şartlari amlga oşsagina, bağrikenglik qilinadi, aks holda boşqaça muomala qilinadi. Ayniqsa, jamiyat uçun zarar böladigan işlarda bunday narsaga diqqatlik böliş zarur.

Qur’on oyatlariga e’tibor qaratsak, bunga yaqqol guvohi bölamiz. Alloh taolo şunday deydi:

“Yomonlikning jazosi öşa yomonlikka teng yomonlikdir. Bas, kim afv etsa va isloh qilsa, uning ajri Alloh zimmasidadir. Albatta, U zolimlarni sevmas.”. (Şuro surasi, 40-oyat). Bu oyat keçirişga tarğib qiladi, lekin afvni isloh bilan boğlaydi, maqsad nizoni tuzatiş va yomonlikni kamaytirişdir. Demak, keçiriş yaxşilikka xizmat qilsa, uluğ fazilatdir. Buning aksi emas.

Bağrikeng muomala birovning haqini poymol qilişga, ahdni buzişga yoki unga nohaqlik qilişga ruxsat bermaydi. Muhammad Xizr Husayn bağrikenglikni boşqaça e’tiqoddagi kişiga tuhmat qilmaslik, uning haqqini kamaytirmaslik va ahdiga vafo qiliş kabi amallarda körsatadi.

Oişa onamiz rivoyat qilgan hadisda Payğambar Muhammad ﷺ aytganlar: “Muloyimlik qaysi narsada bölsa, uni ziynatlaydi, qaysi narsadan olinsa, uni xunuk qiladi”. (Imom Muslim rivoyati, 2594-hadis). Bu iş, ayniqsa, birovni xatosidan qaytarişda qöpollikdan köra muloyimlik samaraliroq bölişini anglatadi. Qöpallik va dağallik samarasiz işlardan ekanini körsatadi.

Haqoratga javob berişda ham tilni tiyiş va vazminlik lozim. Oişa roziyallohu anho bilan bölgan voqeada Payğambar ﷺ u zotga şunday deganlar: “Şoşma, ey Oişa. Muloyim böl, qöpollik va fahş sözlardan saqlan”. (Imom Buxoriy rivoyati, 6030-hadis). Demak Payğamar alayhissalom yomon sözga javoban yomon söz işlatmaslikni örgatganlar. Aksinça, çiroyli şaklda javob beriş kerak ekanligini ta’kidlamoqdalar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: “Alloh bandaning afv etişi sababli uning izzatini ziyoda qiladi”. (Imom Muslim rivoyati, 2588-hadis). Demak, haqli böla turib keçiriş zaiflik emas, balki Alloh roziligi uçun qilingan bölsa, fazilatdir. Şuning uçun, örni kelganda keçiriş insonning qadrini tuşirmaydi.

Har bir işda bir meyor bor bölganidek, bağrikenglik va kiçirimlikda ham bunday meyorga qattiq rioya qiliş zarur. Aks holda köp haqlar poymol bölişiga sabab bölinib qolinadi. Bir zalolat yoki botil işni ustida turib ham unga indamay kulib rozi böliş, maqtalgan bağrikenglik emas, qoralangan pastkashlik sanaladi. Bağrikenglikdan asosiy maqsad isloh va din uçun foida bölgan iş bölişi kerak. Özgani haqqini boşqaga ötişi ham bölmasligi kerak. Mana şu meyor va maqsadni töğri anglab oliş juda muhim. Inson öziga Robbisi tarafidan amr qilingan vazifani özgani köngli va rioyasi uçun tark qilişi heç bir meyorga töğri kelmaydi, balki iymon zaifligi va bandani roziligi uçun qilingan hunuk işlardan böladi. lekin boşqa din vakili ekan, deb unga nisbatan qöpollik qiliş ham yaxşi iş emas. Har qanday yomonlik qilgan taqdirda ham vaziyatga qarab muloyim tarzda muomala qilişi darkor. Har doim oyatdagi “Bas, kim afv etsa va isloh qilsa,”, degan meyorni esdan chiqarmasligimiz lozim. Isloh bo’lsin, fasod qilish bo’lmasin.

Muhibullayev Saidmuhammadxon tayyorladi