Bog’da ikki daraxt o’sardi: biri baland, shoxlari keng yoyilgan terak, ikkinchisi esa past, ingichka olcha.
Terak doim maqtanardi:
— Men shunchalik ulug’manki, quyosh ham menga egiladi. Soya solganimda butun bog’ dam oladi. Sen-chi? Nima foydan bor?
Olcha jim turardi. Bahorda gulladi — atrofga muattar hid taratdi. Yozda meva berdi — bolalar yugurgancha kelib, qo’llarini cho’zdi. Kuzda barglari sariq-qizil bo’lib, bog’ni bezadi.
Terak esa faqat o’sdi. Baland, lekin mevasiz.
Bir kuni bog’bon keldi va:
— Bu terakni kesib, o’tinga aylantiramiz, — dedi. — Olchani esa asrab-avaylaymiz.
Terak o’shanda tushundi: ulug’lik — balandlikda emas, foydada.
Odamni el sevadigan qilgan narsa — mansabi emas, qalbi.

2-kurs talabasi Xusanboy Abduraximov