ÖZBEKISTONDAGI DINLAR ARO MUNOSABAT
4

E’tiqod (arabçadan olingan bölib) işonç, imonli böliş ma’nolarini anglatadi. Keng ma’noda e’tiqod inson faoliyati uçun ma’naviy asos, yöl-yöriq va möljal bölib xizmat qiluvçi holatdir. Bilim va ğoyalar insonning ham akli, ham qalbi bilan özlaştirib olinganidagina e’tiqodga aylanadi. Umuman olganda, e’tiqod guruh va ommani jipslaştiruvçi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol a’zosiga aylantiruvçi omil hisoblanadi.
E’tiqod inson voyaga yetişi bilan boğliq holda töplangan bilimlar, öziga xos ehtiyoj va manfaatlar, hayotiy tajriba asosida şakllanib, mustahkamlanib boradi va şaxs faoliyatining izçil, mantiqiy, maqsadli bölişiga olib keladi.
Yuqoridagi sifatiy xususiyatlar bilan bir qatorda jur’atsizlik, qat’iyatsizlik va befarqlik kabi holatlar ham mavjudligi va ular e’tiqodning zaifligini körsatişini ta’kidlaş zarur. Bunday kişilar köpinça boşqalarga ergaşib yoki taqlid qilib yaşaydilar. Şaroitga qarab goh u, goh bu tomonga oğadilar. Bunday e’tiqodiy zaiflik, böşlik şaxs kamolotiga salbiy ta’sir körsatadi.
Agar e’tiqod mutaassib, irqiy, millatçilik, tor siyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilan çeklangan bölsa, bunday holda u buzğunçilik, beqarorlikka xizmat qiladi, rivojlanişga tösiq böladi. Taraqqiyot, hurlikka yetaklovçi işonç va e’tiqod bilan buzğunçi, aldamçi, adaştiruvçi, yolğon «e’tiqod»ni farqlaş juda muhim.
Har qanday e’tiqod diniy bölavermaydi. Ammo din ham e’tiqodning öziga xos körinişi sifatida jipslaştiruvçi xususiyatga ega.
Diniy e’tiqodda muayyan timsollar (buyum, harakat, söz, matnlar) diniy ma’no va mazmun kasb etadi. Ularning majmui diniy yönalişning şakllanişi va faoliyat körsatişini ta’minlaydi. Har bir din yoki diniy konfessiya (yönaliş)ning sobit aqidalari mavjud.
Dinlarning kelib çiqişi bir, ammo başariyat turli dinlarga e’tiqod qiladi, xatto bir xalq, millatlar turli diniy ta’limotlarga ergaşadigan hollar mavjud. Barça dinlarda ezgulik ğoyalari ustuvor, «yaxşilik qil, yomonlik qilma» demagan birorta diniy ta’limot yöq. Barça dinlarni, xatto eng qadimgilarini ham bağrikenglik ruhida örganmoq zarur.
Diniy mavzuni yoritişda bağrikenglik (tolerantlik), sabr-toqatlilik, inson, jamiyat, dunyo xaqidagi qaraşlarning özaro mubohasasi usulidan foydalaniş maqsadga muvofiq. Diniy va nodiniy dunyoqaraş şakllarining özaro öxşaş tomonlariga urğu beriş darkor.
Bugun Özbekiston diniy bağrikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bölmoqda. Bu haqda Moskva va Butunrus patriarxi Aleksey, Xillari Klinton va Madlen Olbrayt, Iordaniya şahzodasi Hasan bin Tallol kabi dunyo miqyosida katta obrö va nufuzga ega insonlar ham yurtimizga taşriflari vaqtida ta’kidlab ötdilar. Albatta, xalqimizga xos bu xislat bir zumda paydo bölgan emas, balki uzoq tarixiy asoslariga ega.
9-asrdan boşlab hozirgi Özbekiston hududida islom dini sunna yönalişining hanafiy (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Hanafiylik özga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik beriş bilan boşqa mazhablardan ajralib turadi. Bu ta’limotni takomilga yetkazgan vatandoşlarimiz — Abu Mansur Moturidiy, Abulmu’in Nasafiy va Burhoniddin Marğinoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi ğoyaviy tarafkaşlikka barham beriş, islom dinining «ahli sunna val jamoa» yöli barqaror bölib qolişiga katta hissa qöşdilar.
Xususan, öz davrining ramzi bölgan Amir Temur e’tiqod va ma’naviyatning katta ahamiyatini töğri idrok etgan. Şarafiddin Ali Yazdiy Sohibqironni hakli ravişda e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli sunna val-jamoa» e’tiqodiga sodiq, diniy aqidaparastlikka qarşi qat’iy bölgan, islom dinini mutaassiblikdan xoli, erkin tuşungan. Uning komil e’tiqodi boşqa dinlarni rad etiş hisobiga bölmagan va şu jihatdan ham u nafaqat öz asri, balki hozirgi zamon kişisi uçun ham namunadir.
Mustaqillik yillarida kutilmagan voqealarga ham duç kelindi. Xalqaro terrorizm bilan uyuşib ketgan diniy ekstremizm endilikda umumbaşariy muammoga aylandi. Uning yeçimi bir mamlakatning qölida emas, balki xalqaro miqyosdagi sa’y- harakatlarni talab qiladi.
Ana şunday murakkab vaziyatda ham, Özbekiston hukumati diniy bağrikenglik siyosatini olib bormokda. Respublikada islom bilan bir qatorda boşqa noislomiy konfessiyalar ham emin-erkin faoliyat körsatmokda. Fuqarolarga millati, irqi, dinidan qat’i nazar, teng huquklar qonun orqali kafolatlangan. Buni diyorimizga oçiq qalb bilan kelayotgan har bir mehmon öz közi bilan körmoqda va e’tirof etmokda.
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barça sohalarida, jumladan, ma’naviy hayotdagi yangilaniş jarayonini, tub özgarişlar davrini boşlab berdi. Dinga bölgan munosabat tubdan özgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, eng avvalo, dinning davlatdan ajratilişi tamoyilini uning asosini ta’kidlaş zarur. Bu hakda Konstitutsiyamizning 61-moddasida şunday deyiladi: «Diniy taşkilotlar va birlaşmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlaşmalarning faoliyatiga aralaşmaydi»
Mazkur moddada muhim qoidalar mustahkam qöyilgan. Avvalo diniy taşkilotlar qaysi konfessiyaga taallukliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar. Bugungi kunda respublikamizda 15 ta noislomiy konfessiyaga mansub 186 ta taşkilot emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham buning amaliy ifodasidir. Kolaversa, diniy birlaşmalar faoliyatini taşkil etiş ularning içki işi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.
Şu bilan birga, diniy taşkilotlar davlatdan ajratilgan bölsa-da, bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ta’kidlaş zarur. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvçi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va şu sababli din fuqarolik jamiyatida öz mavqeiga ega böladi.
Davlatning dinga bölgan munosabatini ifodalovçi boşqa bir tamoyil şundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Şundan kelib çiqib, uning rivoji uçun tegişli şart-şaroit yaratişga harakat qiladi.
Konstitutsiyamizda bu masalalar öz yeçimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-meyoriy talablarga töla javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvçi va heç qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kişilar uçun bir xildagi şartlar qöyilişini ta’minlovçi Konstitutsiyaning 31-moddasida, jumladan, şunday deyiladi:«Hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmaydi».
Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bölgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar öz ifodasini topgan:
— dindorlarning diniy tuyğularini hurmat qiliş;
— diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyuşmalarining xususiy işi deb tan oliş;
— diniy qaraşlarga amal qiluvçi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquklarini teng kafolatlaş hamda ularni ta’qib qilişga yöl qöymaslik;
— ma’naviy tiklaniş, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptiriş işida turli diniy uyuşmalarning imkoniyatlaridan foydalaniş uçun ular bilan muloqot qiliş yöllarini izlaş zarurati;
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati — bu dinning siyosatga aralaşmasligi. Zero,har qanday din, birinçi örinda ma’naviy-axloqiy jihatni öz içiga oladi.
Heç qaysi din özida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarining barçasini qamrab olişga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bölmay qoladi. Xuddi şu asosda Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Farmoniga binoan taşkil etilgan Toşkent islom universiteti köp qirrali ta’lim beruvçi, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy markazga aylandi. Bu yerda diniy va dunyoviy bilimlarni hamda xorijiy tillarni puxta özlaştirgan, ma’rifiy islomni xalq orasida tarğib eta oladigan mutaxassislarni tayyorlovçi tizim şakllandi, qiyosiy dinşunoslik va islomşunoslik sohalarida izlanişlar taşkil qilindi.
Xulosa qilib qaraganda, xalqimiz diniy va ma’naviy qadriyatlarining hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyğunlaşişi respublikamizning kelajakda yanada ravnaq topişi, jahon hamjamiyatiga qöşilişida muhim omillardan biri hisoblanadi.
MARDONOV XAYRULLO tayyorladi
