Konstitutsiya – jamiyat taraqqiyotining huquqiy poydevori
49

“Konstitutsiya – jamiyat taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusida Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shahrisabz davlat pedagogika instituti tarix va huquqshunoslik fani o‘qituvchisi Ergashov Ziyodullo ishtirok etib, mavzuga oid keng qamrovli ma’ruza bilan qatnashdi.
Tadbir davomida Konstitutsiyaning davlat boshqaruvi, jamiyat taraqqiyoti, hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga Qomusimizda belgilangan asosiy tamoyillar, huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyati va ularning jamiyat rivojiga ta’siri yoritib berildi.






Yakuniy qismda Konstitutsiyani chuqur o‘rganish, uni amaliy hayotda qo‘llash ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning muhim omili ekani ta’kidlab o‘tildi.
