HUKMLAR JAMLANGAN OYAT
12

Hukmlarni özida jamlagan oyatlardan biri Alloh taoloning mana bu sözidir:
إِنَّ ٱللَّهَ يَأۡمُرُكُمۡ أَن تُؤَدُّواْ ٱلۡأَمَٰنَٰتِ إِلَىٰٓ أَهۡلِهَا وَإِذَا حَكَمۡتُم بَيۡنَ ٱلنَّاسِ أَن تَحۡكُمُواْ بِٱلۡعَدۡلِۚ إِنَّ ٱللَّهَ نِعِمَّا يَعِظُكُم بِهِ
إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ سَمِيعًا بَصِيرًا
“Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni öz egalariga topşirişni va odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat bilan hukm qilişni buyuradi. Alloh sizlarga qanday yaxşi nasihat qilmoqda! Albatta, Alloh eşituvçi va köruvçi Zotdir” (Niso: 58).
Imom Qurtubiy bu oyatni “hukmlarning asoslaridan biri, u butun dinni va şariatni öz içiga olgan”, deb ta’riflagan.
Uşbu oyati karima ikki asosiy işga buyurmoqda: birinçisi — omonatni ado etiş, ikkinçisi — adolat bilan hukm qiliş.
Omonatni ado etiş. Mufassirlarning köpçiligi bu yerdagi xitob umumiy, barça odamlarni qamrab oladi, “omonat”dan murod esa uning xos ma’nosi emas, umumiy ma’nosidir, ya’ni barça omonatlarni öz içiga oladi, degan fikrdadir. Bu ibodatlardagi omonatni ham, muomalalardagi omonatni ham, xususiy omonatni ham, umumiy omonatni ham, musulmonga ham, musulmon bölmaganga ham, döstga ham, duşmanga ham, katta kişiga ham, kiçikka ham, boyga ham, kambağalga ham nisbatan omonatni qamrab oladi.
Imom Qurtubiy bu borada şunday deydi: “Namoz, zakot va boşqa barça ibodatlar Alloh taoloning omonatidir”.
Imom Roziy ham şunga öxşaş fikrni bildirgan: “Insonning muomalasi yo Robbisi bilan, yo boşqa bandalar bilan, yo özi bilan böladi. Bu uç qismning barçasida omonatga rioya qiliş lozim”.
Oyatdagi “omonat” umumiy ma’noda degan fikrni sahobalardan bir jamoa ham aytgan, ular orasida Baro ibn Ozib, Ibn Mas’ud, Ibn Abbos va Ubbay ibn Ka’b bor. Ular: “Omonat har bir narsada: tahoratda, namozda, zakotda, junublik ğuslida, rözada, ölçov va tarozida, omonat qöyilgan narsalarda”, deganlar. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan şu ma’noda rivoyat qilingan: “Alloh na kambağalga, na boy kişiga omonatni uşlab qolişga ruxsat bermagan”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Beş narsani iymon bilan keltirgan kişi jannatga kiradi…” deb, ular orasida “omonatni ado etiş”ni zikr qilganlari rivoyat qilingan. Yuqoridagilardan kelib çiqadiki, oyatdagi “omonat”dan murod insonga topşirilgan va unga vafo qiliş buyurilgan ahdlardir. Bular u öz zimmasiga olgan ahdlar bölib, uning zimmasidagi omonatga aylanadi.
Adolat bilan hukm qiliş. Oyatning buyurgan ikkinçi işi Alloh taoloning “odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat bilan hukm qilişingiz” degan sözidir. Bu amr oldingisiga boğliq qilingan bölib, odamlar orasida adolat bilan hukm qiliş vojibligiga dalolat qiladi.
“Adolat” odamlar orasida tenglik va har bir haqdorga şariat belgilaganiga muvofiq haqini berişdir. Sa’diy: “Alloh hukm qilişga buyurgan adolatdan murod Alloh Öz Rasulining tilida joriy qilgan hadlar va hukmlardir”, degan. Bu yerda adolat moddiy narsani ham, masalan, mollarni taqsimlaş va şu kabilarni, ma’naviy narsani ham, masalan, odamlarga boy-kambağal yoki katta-kiçik örtasida farq qilmay, çiroyli xulq bilan muomala qilişni ham qamrab oladi. Şuning uçun bu ikkinçi amr haqida xitobning umumiyligiga oid birinçi amr haqida aytilganlar aytiladi.
Qurtubiy şunday deydi: “Allohning “odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat bilan hukm qilingiz” degan sözi voliylar, amirlar va hokimlarga xitobdir, va ma’no jihatidan omonatlarda bölgani kabi barça xalq ham bunga kiradi”. Şunga köra, davlat işlari egalari öz fuqarolari orasida adolat bilan hukm qilişlari, qozilar özlariga murojaat qilgan da’vogarlar orasida adolat bilan hukm qilişlari, otalar farzandlari orasida adolat qilişlari, er xotinlari orasida adolat qilişi, muallim talabalari orasida adolat qilişi, rahbar qöl ostidagilar orasida adolat qilişi lozim va hokazo.
Bu örinda e’tibordan çetda qoldirmaslik lozim bölgan ba’zi töxtalişlar:
Birinçi töxtaliş: oyatning xotimasi mazmuniga ğoyat muvofiq kelgan. Çunki oyat omonatni ado etişga va adolat bilan hukm qilişga buyurgandan keyin “Albatta, Alloh eşituvçi va köruvçi Zotdir” deb tugagan, ya’ni: odamlar orasida hukm qilsang, U adolatli yoki zolimona çiqargan har bir hukmingni eşituvçidir; omonatni ado etsang, U yaxşilik yoki xiyonat qilgan har bir işingni köruvçidir. Oyatning bu xotimasi itoatkorga savob va’dasini va osiyga azob tahdidini öz içiga oladi.
Ikkinçi töxtaliş: oyatning özida “Alloh sizlarga qanday yaxşi nasihat qilmoqda” degan söz bor. Ibn Oşur bu haqda qisqaça şunday degan: “Bu jumla oyat keltirgan amrni bajarişga tarğib qiliş örnida kelgan, şuning uçun u bir xil sabab bayon qilişdir, ya’ni Alloh Öz bandalariga nasihat qiladi, ularni Öz amriga böysunişga va şariatiga muvofiq amal qilişga çorlaydi, va U ularga faqat dinlari va dunyolarida özlari uçun yaxşilik va manfaat bölgan narsagina buyuradi”.
Uçinçi töxtaliş: Ibn Munzir olimlarning omonatlar egalariga ulardan yaxşisi ham, yomoni ham qaytarilişi lozimligi böyiça ijmösini zikr qilgan. Buni Ibn Kasir Ibn Abbos roziyallohu anhudan naql qilgan sözi ham qöllab-quvvatlaydi: “U yaxşiga ham, yomonga ham tegişlidir”.
Törtinçi töxtaliş: adolat bilan omonatni ado etiş örtasida çambarças boğliqlik bor, ular bir-biriga ajralmas ikki narsadir. Omonatni egasiga ado etiş ayni adolatdir, uni egasidan inkor qiliş ayni zulmdir. Şuningdek, odamlar orasida adolat bilan hukm qiliş hokim zimmasiga yuklangan omonatni ado etişdir, aksinça, bandalarga zulm qiliş omonatni inkor qiliş va unga xiyonat qilişdir.
Utkir Maxmudov
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi öqituvçisi
