Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati
14

“Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusida Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosar O’. Mahmudov olib bordi.
Dastur davomida Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi asosiy tamoyillar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga Qomusimizda belgilangan demokratik qadriyatlar, huquqiy islohotlar va fuqarolik mas’uliyatining ahamiyati borasida tushunchalar yetkazildi.




Tadbir yakunida Konstitutsiya bandlarini chuqur o‘rganish va kundalik hayotda qo‘llash inson erkinligi hamda farovonligini ta’minlashda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi MATBUOT XIZMATI
