XOJA BUXORIY O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASINING UCH NAFAR TALABASI QUR’ONI KARIMNI BIR O‘TIRISHDA YODDAN XATM QILDI!

12

Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalari Xudoyberdiyev Abbos, Dulabov Maxmud, Hasanov Asatulloxonlar Qur’oni Karimni bir o‘tirishda, yetti soat davomida to‘liq yoddan tilovat qilib, xatmga muvaffaq bo‘ldi.
Bu ulkan ma’naviy yutuq talabalarning Qur’oni Karimga bo‘lgan muhabbati, mustahkam xotirasi, ilm yo‘lidagi matonati va ixlosining yorqin namunasidir.
Mazkur muvaffaqiyatda talabalarning tinimsiz mehnati bilan bir qatorda, ularga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarning zahmatli xizmatlari ham alohida e’tirofga loyiq. Zero, ustozlarning fidokorona mehnati, sabr-toqati va ilmiy-ma’naviy yo‘l-yo‘riqlari bunday yutuqlarning yuzaga chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim muassasasi jamoasi ushbu quvonchli voqea munosabati bilan talabalarimizni samimiy muborakbod etadi hamda ularning kelgusidagi ilmiy va ma’naviy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaydi.
Alloh taolo qori talabalarimizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilib, ularni Qur’onga amal qiluvchi, el-yurtga manfaat yetkazuvchi, ota-onalari hamda ustozlariga izzat tojini kiydiradigan boamal olimlardan bo‘lishlarini nasib etsin!
Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi matbuot xizmati