JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT
12

Bugun ta’lim muassasamizda jaholatning zararli oqibatlari va unga qarshi ma’rifat bilan kurashishning ahamiyatiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M. Qosimov so‘zga chiqib, ma’rifatning inson tafakkurini boyitish, to‘g‘ri qaror qabul qilish va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni yuzasidan fikr bildirdi.




Shuningdek, ishtirokchilarga jaholatning turli ko‘rinishlari, uning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri hamda ma’rifatli jamiyat barpo etishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida tushunchalar berildi.
Tadbir ma’rifat, o‘z ustida ishlash va ongli hayot tarzini tanlashning ijtimoiy ahamiyatini yana bir bor yodga soldi.
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi MATBUOT XIZMATI
