Konstitutsiya – Asosiy Qomusimiz
32

Bugun, Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasida “Konstitutsiya – Asosiy Qomusimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi ahamiyati hamda yangilangan Konstitutsiyada belgilangan asosiy tamoyillar haqida ma’lumot berildi.




Tadbir ishtirokchilari Konstitutsiyaning huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi beqiyos o‘rnini yana bir bor e’tirof etdilar.
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi MATBUOT XIZMATI
