Energiya manbayini toping
24

Energiya tabiatdagi barcha jarayonlarning asosi hisoblanadi.
Yoqilg’i yoki akkumilyatordan energiya olib mashina harakatlanadi.
O’simlik suvda erigan oziq moddalarni, o’simlikni o’txo’r hayvonlar, o’txo’rlarni go’shtxo’rlar yeydi.
Jonzotlar boshqa jonzotlarni yeyish orqali energiya oladi va tabiat shunday tsiklda aylanadi.
Inson ham biologik jihatdan kislorod, quyosh, oziq-ovqat va hokazodan energiya oladi.
Lekin u hech qachon qurishdan va buzishdan tinchimaydi.
Kiyevda karantin paytlari muhabbat ramzi bo’lmish kabutarlarga, har kuni uyimizning tokchasiga don sepib qo’yardim va ularni kuzatib o’tirardim.
Ular don yeyishni o’rniga bir-birini go’shtini yeganini ko’rgach, tabiatga bo’lgan fikrimni qayta ko’rib chiqqanman.
Shoir Usmon Azim shunday yozadi:
65 yoshimda nogahon topganim mantiq
Qushga qanot dushmandan qochish uchun berilgan ekan…
qushga qanot rizq topish uchun berilgan ekan…
Men esa, hur parvoz uchun berilgan deb yuribman.
Insonlar maqsad va oruzlardan emas, iztiroblardan energiya oladi.
O’zini iztiroblarini eslash odamga zavq beradi
Dostoyevskiy
Iztirob 2 turga bo’linadi: qo’rquv va qayg’u.
Barchamiz mana shu ikkisidan energiya olamiz.
Va shu ikkisidan qutulish uchun hamma narsa qilamiz.
Qayg’udan qutulish uchun: o’yin o’ynaymiz, kino ko’ramiz, musiqa eshitamiz, ichamiz, chekamiz, shopping qilamiz va asosiysi yigitlar uylanamiz.
Qayg’uning manbayi yolg’izlik.
Yolg’izlikning manbayi tushunmovchilik, sadoqat va mehr yetishmasligidir.
Bularning manbayi esa umid yetishmasligidir.( bu alohida mavzu)
Qorquvdan qutulish uchun esa muzlatgichimizni va yoki hamyonimizni to’ldirishga harakat qilamiz.
Ko’chada qolishdan qo’rqib mahrga uy so’raydi, jamiyatdan siqib chiqarilmaslikdan ya’ni yolg’izlikdan qo’rqib Gelik.
Go’yo shu mashina bilan jamiyatda yashab qolish huquqini qo’lga kiritamiz.
Aslida bu normal holat. Har kim yashash uchun kurashadi.
Biz esa qarshimizdagi nimadan qayg’udaligini va nimadan qo’rqayotganini bilmay o’tib ketamiz…
Aslida shu ikki narsani aniqlash orqali jamiyatda juda ko’p muammolar o’zidan o’zi hal bo’lib ketadi.
Ammo, lekin, biroqlar ko’p.
O’lim haq ekan biz bu dunyoga yashab qolish uchun kelmaganimiz aniq.
Shunday ekan Haq yo’lga talpining. Buning uchun energiya manbayingizni toping, o’zingizni isloh qiling va baxtli bo’ling!
“Har qanday iztirob ichida bir sovg‘a bor. Iztirobingni his et va bu sovg‘ani izla.”
Mavlono Jaloliddin Rumiy
Saidkarimov Shohjahon 1-kurs talabasi
