“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi yangi qonun — kelajagimiz garovi”
24

Bugun ta’lim muassasamizda, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘limi boshlig’i, falsafa fanlari doktori Jumayev Jonibek, mazkur markaz ilmiy xodimi Evadullayev Tohir hamda Muhammadiyev Usmonxonlar tashrifi munosabati bilan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi qonun — kelajagimiz garovi mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda talabalarga mazkur qonunning mazmun-mohiyati, diniy tashkilotlarning huquq va majburiyatlari, vijdon erkinligini ta’minlashda ushbu hujjatning o‘rni hamda uning yoshlar kelajagi uchun ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida talabalar mutaxassislar bilan savol-javoblar o‘tkazib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga javob olishdi.
