OTA ONAGA ITOAT QILISH
38

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh. Bizlarga tug‘ilmasimizdan ota onamizni mehribon qilib qalblariga mehr shavqat joylab qo‘ygan Mehribon va Rahimli zotga hamd va sanolar bo‘lsin.
Kimga yaxshilik qilay deb so‘rashganida uch marta onangga so‘ngra otanga, deb muborak hadislarda aytib bizga ota onaga yaxshilik qilishni ta’limini bergan payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga durudu salovotlar bo‘lsin.
Alloh taolo butun maxluqotlarni o‘z bolasiga mehribon qilib qo‘ydi. Xususan Odam farzandini. Inson zoti dunyoga kelarkan uni ota onasi asrab avaylaydi, bor buduni hattoki sog‘ligini yo‘qotib bo‘lsa ham uni voyaga yetkazadi.
Shu bilan birga bu farzandidan ozmi ko‘pmi yaxshilik kutadi. Farzand voyaga yetib kuch quvvatga to‘lganda ota onaga yaxshilik qilmasdan unga bir og‘iz yomon so‘z aytsa shu zahoti ota onani yurak bag‘ri qon yig‘laydi, shunday farzand o‘stirganga pushaymon bo‘ladi, garchi yosh bo‘lsalar ham qarib qaddi bukilib qoladi.
Shuning uchun doimo ota onalarimizga eng yaxshi so‘zlarni aytishimiz Allohga osiylikni buyurmas ekan ular rozi bo‘ladigan ishlarni qilishimiz kerak. Alloh taolo Qur’onda juda ko‘p o‘rinda ota onaga yaxshilik qilishga buyurgan
Alloh taolo Isro surasida «Robbingiz uning o‘zigagina ibodat qilishingizni va ota onaga yaxshilik qilishingizni amr etdi. Agar biri yoki ikkisi ham sizning huzuringda keksalikka yetsalar ularga uff demang, ularni jerkimang va ularga eng yaxshi so‘zlarni ayting» deb buyurdi.
Bu yerda e’tibor qilib qarasak Alloh taolo o‘ziga ibodat qilishga buyurib boshqa masalalar halol haromni zikr qilmasdan birinchi ota onaga yaxshilik qilishga buyurmoqda. Shundan bilib olish mumkinki ota-onaga yaxshilik qilish oddiy holat emas balki buyuk yagona zotning buyrug‘idir. Bunga bo‘ysinish biz bandalarning muqaddas burchimizdir.
Oyatning keyingi satrlarini o‘qiydigan bo‘lsak bunda ham ulug‘ buyruqni ko‘rishimiz mumkin, ya’ni ularning biri yoki ikkisi ham sizning huzuringda keksalikka yetsalar ularga uff demang, inson farzandini yemay ichmay yuvub tarab katta qilaman deguncha o‘zini yoshi bir joyga borib qoladi endi keksalikka yetganda ularga uff deyish qalbini tilka pora qilib yuboradi «uff» kalimasi oson og‘izdan chiqsada uning ma’nosi juda og‘ir, jonimga tegding, sendan bezorman, ko‘zimga ko‘rinma degan manolari bor. Buni eshitgan ota yoki ona farzandidan juda ranjiydi, garchi tilida aytmasada qalbida oqq qiladi. Alloh taolo qalbdagi narsani ham biladi, agar shunday tavba qilmasdan vafot etib ketsa Alloh ko‘rsatmasin jahannamga tushib ketishi mumkin. Ota-ona seni oqq qildim deyishi shart emas qalbida ozgina ranjish bo‘lsa oqq bo‘lib qilishi mumkin.
Oyatni davomida «ularni jerkimang» deydi jerkish endi uff degandan yomon chunki bunda ochiq oydin qo‘rqmasdan jerkish ularga qo‘pol muomalada bo‘lish bu juda og‘ir holat. Ota-ona qarib kuchdan qolganda ularni jerkish ularga yomon munosabatda bo‘lish buni tasavvur qilish va kitobga yozishni o‘zi qiyin.
Oyatning oxirgi qismida «ularga eng yaxshi so‘zlarni ayting» Albatta yoshi keksalikka yetganda farzandidan dunyoni kutmaydi balki ozgina bo‘lsada yaxshi muomala yaxshi so‘zlarni kutadi. Shunday holatda ularga doimo otajonim onajonim deb eng muloyim so‘zlarni aytishimiz kerak. Biz safarga chiqganimizda ularga hech bo‘lmasa kuniga bir marta telefon qilib ularni xilursand qilishimiz va safardan qaytadigan bo‘lsak birinchi o‘rinda ularga quvonch baxsh etadigan sovg‘a salom olishimiz kerak. Keyin boshqalar haqida o‘ylash mumkin.
Keling endi Qur’oni Karimda payg‘ambarlar ota onalariga qanday munosabatda bo‘lishganiga bir nazar solsak.
Ibrohim Alyhissalom, u zotni Alloh taolo o‘ziga xolil ya’ni do‘st tutgan Ibrohim Alayhissalom haqida oyatlar juda ko‘p u zotning Rahimliligi Halimliliga Allohga qaytuchi banda ekanligi haqida keladi.
Alloh taolo yomgir yog‘dirib undan gul ham tikan ham o‘stirganidek shunday ulug‘ payg‘ambarning otasi mushrik but sanamlar yasovchi bo‘ladi shunda Ibrohim Alyhissalom otasini to‘g‘ri yo‘lga solish maqsadida ko‘p da’vat qiladilar har bir gap aytganida ey otajon! ey otajon! deb muomala qiladilar oxiri otasi ey Ibrohim agar davatingdan to‘xtamasang seni toshbo‘ron qilaman yoki meni oldimdan ket deydi. Endi o‘ylab ko‘ring bizga otamiz shunday desa nima qilgan bo‘lardik. Biz to‘g‘ri yo‘lga chaqirsak u toshbo‘ron qilaman deb tursa xullas nima qilishini hamma o‘zi biladi. Shunda Ibrohim Alyhissalom salomat bo‘ling sizga robbimdan istig‘for so‘rayman deb indamay chiqib ketdilar. Bundan biz juda ko‘p o‘rnak olishimiz mumkin Allohga hamdlar bo‘lsinki bizni ota onalarimiz musulmon ular bizga chiqib ket demaydilar bizning haqqimizga doimo duoda bo‘ladilar shunday holatda ham ularga uff desak ularni jerkisak ularga yaxshi so‘zlarni aymasak biz qanday qilib Allohdan jannatni umid qilishimiz mumkin bu adolatdanmi?
Payg‘ambarimiz Muhammad Sollallohu alayhi va sallam muborak hadislarda marhamat qildilarki «Allohning roziligi ota onani roziligida Allohni g‘azabi ota onani g‘azabida» deganlar. Shunday ekan birodarlar ota onamiz tirikligida ularni roziligini olib qolishimiz zarur. Ota onam yosh ularni hali ko‘zini quvontiraman roziligini olaman ulguraman deb o‘ylamang ular xuddi boshimizdagi qush kabi ushlayman deganda uchib ketishi mumkin. Shuning uchun hozirdan ularni rozi qilishga kirishishimiz lozim va lobutdur.
Ming afsuslar bo‘lsinki hozirda ba’zilarni ko‘ramiz ota onasiga qilayotgan muomalasini shu kishi ham musulmonmi deb o‘ylab qolamiz siz aralashmang, sizni nima ishingiz bor meni tinch qo‘ying va hokazo inson fitratiga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlarni aytadi albatta bundan ularni qalbi ranjiydi farzandidan norozi bo‘lishadi keyin ularga Allohning qazabi keladi va buni farzandlaridan qaytaradi. Xalqimizda qaytar dunyo, sen otaga cho‘p otsang farzanding senga tosh otmog‘i mumkin degan hikmatli so‘zlar bor. Ulamolar aytishadiki dunyoda ikki toifa insonlar xohlagan ishini qilsin deydilar. Ulardan birinchisi ota onasini roziligini olgan kishi xohlagan tijorat yoki boshqa kasb qilsin Alloh unga baraka beraveradi.
Ikkinchi toifa esa ota onasini norozi qilgan kishi xohlagan ishini qilsin baribir biri ikki bo‘lmaydi bugun yaxshidur bugun ishlari zo‘rdir qarab turing oxiri voy bo‘ladi Alloh baribir o‘z taqdirini ko‘rsatadi.
Yana Qur’onga murojaat qiladigan bo‘lsak Ibrohim Alyhissalomni otasiga qilgan muomalasi esga keladi otasiga qanday chiroyli va layyin muomalada bo‘lgan bo‘lsa keyinchalik o‘g‘li Ismoil Alyhissalom bundan da ziyoda qildi. Qachonki voyaga yetib katta bola bo‘lib qolganida sizni tushimda so‘yayotganimni ko‘rayapman (endi sizni so‘yaman) deganida ey Otajon! sizga buyurilgan ishni qiling Alloh xohlasa meni sabir qiluvchilardan deb topasiz dedilar. Bundan ko‘rinib turibdiki biz ota onaga qanday munosabatda bo‘lsak erta farzandlarimiz xuddi shunday yoki undan ziyoda muomala qiladilar. Bu Allohning sunnatidir.
Shunday ekan birodarlar ota onalarimiz haqqiga doimo duoda bo‘lib ularga Allohdan istig‘for so‘rab qalbimizda ularni xursand qilishim kerak degan g‘amda yurishimiz kerak.
Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3 kurs talabasi Shopulatov Muhammadqodir
