Oxirgi yillarda ijtimoiy tarmoqlarga chiqib, biz din peshvolarimiz dinni bizdan o’rganing deb arab tilidan ozgina xabari bormi yo’qmi, haqiyqiy holatni bilmasdan juda muhim bo’lgan ibodat masalalarida fatvo berayotganlar ko’payib ketdi. Bularni asl maqsadi nima ekanligini bilmaganlar esa ularga ergashib ketishmoqda.

Ular o’zlarini payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam davrlarida va keyingi uch yilda yashagan kishilarga ergashishlarini da’vo qilishadi va mazhabga ergashishni adashish adashish deb ularni rad etadi, vaholanki fiqhiy mazhab imomlari ular ergashishni da’vo  qilayotgan davrda yashaganlar. Bunday kishilarni maqsadi, insonlar orasida fitna tarqatish va ularni yo’ldan adashtirishdir.

Ular bergan fatvolardan biri ‘’ paypoqqa mas’h qilish’’

Mug’ira Ibn SHuba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam; tahorat qildilar, ikki javroblariga va ikki kalishlariga mas’h  qildilar. Ahmad, Termiziy, Abu Dovud va Ibni Mojalar rivoyat qilishgan.

Bu hadisdagi ‘’ javrob’’ kalimasini paypoq deb tarjima qiladilarda, paypoqqa mas’h qilish joiz deydilar. Lekin rosulolloh sollallohu alayhi va sallam davridagi javrob bilan bizning zamonimizdagi paypoqlar bir biridan mutloq farq qiladi, chunki yillar o’tishi bilan turli xalqlarda paypoqlar o’zgarib borgan. Ulamolarimiz mas’h qilish mumkin bo’lishi uchun bir necha shartlarni qo’yganlar, shulardan biri uzoq masofaga chidamli bo’lib agar suvli yerdan yurganda ichiga o’tmasligidir, lekin hozirgi kundagi ipdan paxtadan bo’lgan paypoqlardan suv ham o’tadi uzoq masofaga bardosh ham bermaydi.

‘’ Soxta salafiylar’’ bu shartlarga e’tibor qilmasdan sayoz ilmi bilan fatvo bermoqdalar. Shu tariqa ko’pchilikni ibodati noqis bo’lib qolmoqda.

Xulosa  Muqaddas dinimiz buyurgan ibodatlarni buyurilganidek bajarish uchun Ahli sunna val jamoa mazhabidagi ulamolarimizdan o’rganmog’imiz lozim va lobutdur. Alloh taolo ibodatlarimizni mukammal ado etishimizni nasib qilsin.

Foydalanilgan manbalar; Mishkotul masobih, Muhammad Ibn Abdulloh xatib At Tibriziy.

Fathu babil i’noya, Mulla Aliy qori.

sammuslim.uz. Samarqand vakillagi ijtimoiy tarmog’i.

‘’ XOJA BUXORIY’’ islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Shopulatov Muhammadqodir.

Yosh tadqiqotchilar guruhi a’zosi