“Rosululloh sollollohu alayhi savallam kattalar, men erta tug`ilgan man holos” Abbos r.a

Dunyo yaratilganidan buyon bo`lib kelgan insonlarning ixtiloflari islomda ham Rosululloh sollollohu alayhi savallamdan keyin bo`y ko`rsata boshladi. Dastlabki davrlarda Xavorijlar keyin Mo`tazilalar, Qadariylar va shu kabi boshqa fitnachi toifalar. Bugunki kunga kelib ham bu toifalarning ishlari davom etmoqda, faqat boshqa nom ostida. Agar bir narsani nomini o`zgartirish bilan uni asli o`zgarmaydi. Maslan “Temirni mis deb nomlash uning tarkibini o`zgartirmaydi”. Huddi shu kabi Soxta salafiylar ham yuqorida zikr qilingan  toifalarning nomi o`zgargan, lekin maqsadlari islom ummatini bo`lishdan boshqa bo`lmagan toifa. Ular bugungi kunda qilayotgan da`volarining barchasiga ahli sunna val jamoa ulamolari ilmiy, aqliy va naqliy dalillar bilan yetarlicha raddiya berganlar.

Ular nimalarni da`vo qiladilar?

  • Imomga iqtido qilagan kishining fotiha o`qishi
  • Namozda oyoqni ochish
  • Ishorai sabboba
  • “Omin”ni jahriy aytish kabi narsalardir.

Eng katta da`volari esa mazhabni rad etish ya`ni har kim o`zi qur`on va hadisdan dalil olishi kerak ekanligini aytadilar. Yuqorida sanab o`tilgan ishlar esa mazhabdagi kishilarni fitnalantirish va ahli sunna val jamoa ulamolariga nisbatan insonlarda ishnochsizlik uyg`otish, so`ngra bu vaziyatdan foydalanib ularni o`z yo`llariga og`dirish. Aytishlaricha mazhab  yo`q bo`lmas ekan qur`on va sunnatga ergashib bo`lmas emish. Bu toifaning paydo bo`lganiga hali 200 yil bo`ldi, fiqhiy va aqidaviy masalalarda o`zaro ixtilofdalar. Bu borasida zamondosh olim Saudiyalik Sa`d ibn Abdulloh 2008-yilda salafiylarning kattalari o`rtasidagi ixtiloflarni kitob holiga keltirgan va “Al-Iyjoz” deb deb nomladi. Bu kitobda ummatni birlashtirishni da`vo qilayotgan salafiylar 200 yil ichida bo`ligan 4 katta firqasi keltiriladi.

  • As-Salafiyya al-Ilmiyya (1920 yil)
  • As-Salafiyya al-Jihodiyya (1979 yil)
  • As-Salafiyya as-Sururiyya (1984 yil)
  • As-Salafiyya al-Jomiyya (1990 yil)

Endi mulohaza qilsak agar bu toifa ahli sunna val jamoa kabi 14 asrni ko`rsa kim biladi qancha firqaga bo`linadi.

Keling ularning bu da`volarni tahlil qilamiz. Ular da`vo qilayotganlari kabi inson qur`on va hadisdan dalil olish lozim bo`lsa, u shaxs bu ishga haqli bo`lishi uchun qay darajada bo`lish lozim. Hukm olishga faqat mujtahid kishi haqli hisoblanadi. Xo`sh mujtahid o`zi kim?

Mujtahid bu – asli lug`tda “jahd” yoki “juhd” o`zagidan olingan bo`lib bir ishga bor kuchuni sarf qiluvchi degan ma`noda kealdi.

“Nurul Anvor” kitobida esa mujtahidning shartlari bunday keltirilgan “Qur`on ilmlarini barcha lug`aviy va shar`iy ma`nolarini  bilan bilish hamda sunnat ilmlarini  barcha yo`llari bilan anglash”

Qur`onni bilish – mujtahid uni yaxshi bilishi zarur. Chunki u sha`riatning birinchi va asosiy manbasi bo`lib mujtahidning unga suyanishi vojibdir. Uni bilishi shunchaki emas mukammal tushunish va bu sohada mohir bo`lishi kerak. Lekin to`la yod bilishi shart qilinmaydi.

Shart qilingan darajalari

  • Nosih va mansuh
  • Mutlaq va muqayyad oyatlar haqidagi ilm
  • Sababi nuzul ilmi va boshqalar

Sunnatni bilish – bu shariatimizda qur`ondan keyingi ikkinchi manbadir. Bu ilmni bilishi vojib. Bu ilmdan bexabar kishi hech qachon mujtahid bo`laolmaydi.

Shart bo`lgan darajalari:

  • Sahih, hasan va zaif zaiflarni ajrata olishi
  • Hadis roviylarining tarixini bilishi
  • Nosih va mansuh hadislarni bilishi

Bundan tashqari Mujtahid

Qiyos tyo`llarini ham yaxshi bilishi kerak. Bundan tashqari yana ba`zi olimlarning fikrlari va shartlar ham bor.

Masalan: Usuli fiqh olimi diktor Muhammad Hasan Xitu  bunday deydi “Kim arab tilini bilmasa, u Tuya ignaning teshigidan o`tgandagina Mujtahid bo`la oladi”

Ayrim olimlar shariat maqsadlarini  ham mukammal bilishni ham ijtihod shartlariga kiritishgan.

Endi o`ylab ko`ring! O`zlarida bu shartlarning aqalli yarmi topilmaydigan toifadagi insonlarning, hali arab tilidagi harflar sonini qancha ekanligini bilmaydigan, faqat iymon bor kishilarga qur`on va hadisdan hukm olishi kerak degan da`volarini sog`lom aql qabul qiladimi?.

Endi mazhabga ergashish nima uchun kerak ekanligiga dalillarni keltiramiz.

Taqlid ya`ni ergashish  hukman vojibdir. Hop niam uchun shunday? Agar barcha huknlar qur`on yoki oyatda ochiq oydin, lafzan dalolat qiladigan bo`lganida yoki boshqa bir ma`no qad qilinmaganida ergashish vojib bo`lmasdi. Lekin bazi masalalar bo`ladiki uning qur`on va hadisda yorqin dalili bo`lmaydi. Natijadi uning hukmini bilish uchun butun shar`iy dalillarni o`rganib hukm chiqarishga ehtiyot tug`iladi. Tabiiyki bunga har kim ham qodir emas. Mana shu sabablar tufayli yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun sog`lom aql egalarida mujtahid imomlarga ergashish zarur degan fikr tug`ilishi tabiiy hol.

Taqlidning vojibligiga dalil qiluvchi oyatlar.

Alloh taolo o`z oyati karimasida bunday marhamat qiladi.

{ قُلۡ صَدَقَ ٱللَّهُۗ فَٱتَّبِعُوا۟ مِلَّةَ إِبۡرَ ٰ⁠هِیمَ حَنِیفࣰاۖ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِینَ } [Oli Imron surasi: 95]

“Аллоҳ рост айтди. Иброҳимнинг йўлдан тоймаган миллатига эргашинг. У мушриклардан бўлмаган эди.”

 

{ فَسۡـَٔلُوۤا۟ أَهۡلَ ٱلذِّكۡرِ إِن كُنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ }          [Nahl surasi: 43]

“Agar bilmaydigan bo`lsangiz zikr ahlidan so`rang”

 

Taqlidning vojibligiga dalil qiluvchi hadislar.

«عليكم بسنّتي وسنةِ الخلفاء المهديّينَ عضّوا عليها بالنواجز»

“Sizlar mening sunnatim va to`g`ri yo`ldan boruvchi halifalar sunnatini lozim tutib, uni oziq tishingiz bilan tishlanglar” (ya`ni mahkam tutinglar) Termiziy rivoyat qilgan.

 

عن حذيفة قال «كنَّا جلوسا عنْدَ النَّبيِّ صلّى الله عليْه وسلّم فقَال: إنّي لا أَدْرِي ما قدْرُ بقَائيي فيْكمْ فَاقْتَدُوا بالذينَ منْ بَعْدي وَأَشَارَ إلي أبي بكْرٍ و عُمَرَ»

Termiziy rivoyat qilgan.

“Xuzayfa roziyallohu anhu aytdilar: Biz Rosululloh sollolohu alayhi vasallamning huzurida edik. U zot Men sizlarning orangizda yana yashashimni bilmayman. Shuning uchun mendan keyingilarga ergashinglar deb, Abu Bakr va Umarga ishora qildilar”.

Bundan ma`lum bo`ladiki agar ergashish zarur bo`lmaganida edi Rosululloh sollolohu alayhi vasallam ikki sahobasiga ishora qilmay, hamma o`zi qur`on va hadisdan dalil olaversin der edilar.

XULOSA

Yuqorida bejiz Abbos roziyallohu anhuning gaplarini iqtibos qilib keltirmadik. Biz insonlarning martabasini ularning ilmi va amallariga qarb baholaymiz. Huddi Umar ibn Abdulazizga bir qavmdagi yosh bola “Agar ish siz aytgandek yosh bilan bo`lganida, bu ummatda halifalikka sizdan ko`ra haqliroq (yoshi kattaroq) kishilar ko`p edi” degani kabi.

Aziz birodarim! Agar ikki yoni vahshiy jonzotlar bilan to`lgan, faqat to`rt qator saf sig`adigan ko`prikda bo`lsangiz beshinchi safni paydo qilishga urinarmidingiz? Agar qalb va aql ko`zingiz ochiq bo`lsa javoningiz “yo`q” bo`ladi. Shunday ekan manzilining ohiri bir bo`lgan ushbu to`rt mazhabga ergashaylik va safni buzuvchilarga birga qarshi turaylikki toki manzilimizga salomat va birga boraylik.

 

Xoja Buxoriy nomli o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi 2-kurs talabasi Xakimboyev Fayzullo

 Ma`lumotlar O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi” nomli kitoblaridan olindi