ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING 543 YILLIGI
12

✅Ta’lim muassasasida buyuk sarkarda va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni ta’lim muassasasi mudiri O‘. G‘uzarov ochib berib, Boburning boy ilmiy-adabiy merosi, jasorati va vatanparvarlik fazilatlari haqida so‘z yuritdi.
📌Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Kitob tumani bo‘linmasi rahbari G. Sattorova ishtirok etib, yoshlarga ma’naviy merosimizni asrab-avaylash, ajdodlar qoldirgan boy adabiy xazinani chuqur o‘rganish zarurligi haqida mazmunli fikrlar bildirdi. Shuningdek, tuman Madaniyat bo‘limi qoshidagi “Moziydan sado” maqom ansambli tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallaridan biri kuyga solinib, jonli ijro etildi va mazkur ijro tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
⏺Tadbir davomida talabalar tomonidan Boburning yoshligida taxtga o‘tirishi, yaqin qarindoshlari tomonidan xiyonatga uchrashi, og‘ir sinovlarga qaramay matonat bilan kurashgani sahna ko‘rinishi orqali yoritib berildi. Ayniqsa, uning Movarounnahrdan chiqib, avval Afg‘oniston hududida mustahkamlanib, so‘ng Hindiston sari yurish qilgani va u yerda buyuk saltanat barpo etgani tarixiy lavhalar asosida namoyish etildi.




⏺Shuningdek, tadbirda Boburning mashhur “Boburnoma” asari haqida ham ma’lumotlar berilib, uning nafaqat tarixiy, balki badiiy va ilmiy ahamiyati alohida ta’kidlandi. Talabalar tomonidan g‘azal va ruboiylar ifodali o‘qildi.
📧Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi Matbuot xizmati!
