Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida kutubxona fondiga yangi kelgan kitoblar taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimotda diniy-ma’rifiy, ilmiy, tarixiy, badiiy adabiyotlar, shuningdek, shaxsiy kamolot, tafakkurni rivojlantirish va zamonaviy bilimlarni egallashga oid turli mavzulardagi yangi nashrlar namoyish etildi.
Mazkur taqdimotning asosiy maqsadi talabalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ilmiy-ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat. Zero, kitob — ilm va ma’rifat manbai, tafakkur va ma’naviy kamolotning muhim vositasidir.
Yangi adabiyotlar ta’lim oluvchilarning bilimlarini boyitish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilmiy izlanishlariga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz.
✨ Ilmga intilish — kamolot sari qo‘yilgan eng muhim qadamdir!
Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi matbuot xizmati