«ENG YAXSHI KITOBXON» saralash bosqichi
35

📚Bugun, 19-may kuni “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar o‘rtasida “ENG YAXSHI KITOBXON” tanlovi musobaqasining “Saralash bosqichi” bo‘lib o‘tmoqda.
✅Tanlov 3 ta shart asosida tashkil etilgan bo‘lib, bugun uning 1-sharti — “Test sinovi” bosqichi o‘tkazildi.
📖Mazkur shartda ishtirokchilar badiiy va ilmiy-ommabop asarlar, buyuk mutafakkir hamda adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta savoldan iborat test sinovida ishtirok etdilar.
📚Tanlovning saralash bosqichi quyidagi adabiyotlar asosida tashkil etilmoqda:
📖 O‘tkir Hoshimov — “Nur borki, soya bor”
📖 A. Ochildiyev, J. Aliyev — “Hidoyat ortiga yashiringan zalolat”
📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf — “Odoblar xazinasi” 1-kitobi
💬Tanlovning keyingi shartlari ham yuqori saviyada davom etadi.
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi MATBUOT XIZMATI!
https://t.me/xojabuxoriy/19943
