KORRUPSIYA — TARAQQIYOT KUSHANDASI
26

Bugun, 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan ta’lim muassasamizda ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari M. Qosimov so‘zga chiqib, korrupsiyaning jamiyat ravnaqi va taraqqiyotiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, halollik va poklik tamoyillarini hayotga tatbiq etishning dolzarbligi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir halollik, mas’uliyat va adolat tamoyillariga sodiq qolishning muhimligini yana bir bor eslatib o‘tdi.
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi MATBUOT XIZMATI
