Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi va BMT minbaridan so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyati

11

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talaba-yoshlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi va BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyati yetkazildi.

Bugun “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talaba-yoshlari uchun yurtimiz hayotidagi muhim siyosiy voqeaga oid ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida so‘zlagan nutqi talabalarga yetkazildi. Tadbir bilim yurti mudiri boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Prezidentimizning BMT minbaridan so‘zlagan nutqi orqali dunyo hamjamiyatiga bildirilgan yuksak g‘oyalar, O‘zbekistonning tashqi siyosiy yo‘nalishlari, xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni hamda milliy manfaatlarimizni ifoda etuvchi muhim jihatlar talabalarga yetkazildi. Shuningdek, unda barqaror taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik, yoshlar tarbiyasi hamda ijtimoiy adolat kabi global masalalarga oid fikrlar alohida ta’kidlandi.

Nutq yakunlanganidan so‘ng bilim yurti mudir o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha Muzaffar Qosimov ma’ruza qilib, davlatimiz rahbarining xalqaro maydondagi chiqishining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. Mudir o‘rinbosari o‘z nutqida Prezidentimizning BMT minbaridan ilgari surgan g‘oyalari nafaqat O‘zbekiston, balki butun musulmon olami va jahon xalqlari uchun dolzarb ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tadbir davomida talabalarda yurtimizning xalqaro nufuzini anglash, davlat rahbari tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni hayotga tadbiq etishda faol bo‘lish ruhiyati mustahkamlandi.