Diniy bag‘rikenglik mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

27

Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida «16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni» munosabati bilan “Diniy bag‘rikenglik – ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan milliy qadriyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
👥Tadbirda Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Muzaffar Qosimov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
📖 Suhbat davomida milliy qadriyatlarimiz, xususan, diniy bag‘rikenglik tamoyillarining mazmun-mohiyati va bugungi jamiyatdagi ahamiyati keng yoritildi.
🇺🇿O‘zbek xalqining qadimiy tarix va madaniyatida turli din, millat va madaniyat vakillariga nisbatan hurmat va murosa bilan munosabatda bo‘lish yuksak qadrlangani ta’kidlandi.
⚪️ Tadbir yakunida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish – har birimizning muqaddas burchimiz ekani ta’kidlab o‘tildi.

Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi MATBUOT XIZMATI