TA’LIM MUASSASAMIZ TALABASI — TUMAN G‘OLIBI!
12

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ommaviy diktant aksiyasida “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Ibrohimov Yusufjon faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tuman g‘olibi bo‘ldi.
Mazkur yutuq talabaning ona tilimizga bo‘lgan hurmati, imlo savodxonligi va bilimga intilishining munosib e’tirofidir.
5 Photos
Quvonarlisi, aksiyada ta’lim muassasamizning boshqa talabalari ham faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar. Bu esa muassasamizda yoshlarning bilim saviyasini oshirish, ona tilimizga hurmat va savodxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotganining samarasidir.
G‘olib va sovrindor talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz. Ularga kelgusi o‘qishlari va faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!
Photo
Tilga ehtirom — millatga ehtirom!
