SIYRAT — IYMON VA MUHABBAT MANBAI

27

Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida Rasululloh ﷺning muborak siyratlari, go‘zal axloqlari va ibratli hayotlarini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida ezgulik, mehr-oqibat hamda ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida “Siyrat — iymon va muhabbat manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’lim muassasasi o‘qituvchi va talabalari faol ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Qur’oni karim oyatlari tilovat qilinib, Rasululloh ﷺning siyratlari, go‘zal xulqlari, insoniyatga ibrat bo‘luvchi hayot yo‘llari hamda ummatlariga qoldirgan bebaho ma’naviy meroslari haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbir davomida mavlidlar o‘qilib, Rasululloh ﷺga bo‘lgan muhabbat va ehtirom tuyg‘ulari madh etildi. Talabalar tomonidan siyratga oid she’rlar, hikmatli fikrlar va ma’rifiy chiqishlar namoyish etildi.

Tadbirning qiziqarli va mazmunli qismi sifatida talabalar o‘rtasida Rasululloh ﷺning hayotlari va siyratlariga oid tezkor savol-javoblar tashkil etildi. Unda talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, faol ishtirok etdilar. Savol-javoblarda faol qatnashgan va to‘g‘ri javob bergan talabalarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Tadbir davomida Rasululloh ﷺning sabr-qanoat, halollik, adolat, mehr-shafqat, kechirimlilik va go‘zal axloq borasidagi ibratlari bugungi yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda Rasululloh ﷺning siyratlarini yanada chuqur o‘rganish, u zotning go‘zal fazilatlaridan ibrat olish hamda hayotda yuksak axloqiy qadriyatlarga amal qilishga bo‘lgan intilishni kuchaytirishga xizmat qildi.

https://t.me/xojabuxoriy/21522

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi MATBUOT XIZMATI