XALQQA XIZMAT — OLIY BAXT!

7

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2023- yil 20-yanvardagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi to‘g‘risida”gi kodeksi tasdiqlandi.


Kitob tumanidagi Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom bilim yurtida tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kitob tuman bo’linmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi va tuman IIB hamkorligida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda ushbu qarorning mazmun-mohiyati keng ommaga yetkazildi.