IXTILOF ÇIQARMANG

3

Islom dini insonlarni tinçlik, birodarlik, ahillik va özaro hurmatga çaqiradi. Turli masalalarda asossiz tortişuvlar va kelişmovçiliklar çiqariş esa jamiyatda nizo va bölinişlarga sabab bölişi mumkin.
Ayniqsa, diniy masalalarda yetarli bilimga ega bölmasdan hukm çiqariş, boşqalarni kamsitiş yoki öz fikrini majburan qabul qildirişdan saqlaniş lozim. Ixtilofli masalalarda ilm ahliga murojaat qiliş va muloqot madaniyatiga rioya etiş muhim.
Alloh taolo marhamat qiladi: «Barçangiz Allohning arqonini mahkam tutingiz va bölinmangiz» (Oli Imron, 103-oyat).
Şu bois har bir inson özaro hurmat va bağrikenglikni asrab, jamiyat tinçligi va birdamligiga hissa qöşişi kerak.

Alimardon Karomatov, Xoja Buxoriy örta maxsus islom ta’lim muassasasi Matbuot kotibi