BAĞRIKENGLIK — TARAQQIYOT OMILIDIR…

62

Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga öz qadriyatlari ham bor. Özbekiston kabi köp millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyğunlaştiriş, ular orasida totuvlikni ta’minlaş taraqqiyotning hal qiluvçi omillaridan biri hisoblanadi. Şuning uçun ham mamlakatimizda bu masalaga mustaqillikning birinçi kunlaridan boşlab katta e’tibor berib kelinmoqda.

Özbekiston Respublikasi jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilayotgan bir şaroitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilişning yuksak madaniyatiga erişiş katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda adolatli boşqaruvga ega bölgan Respublikamizda 16 ta diniy konfessiya mavjud bölib, xilma-xil diniy e’tiqodga ega bölgan kişilar bir zamin, bir Vatanda, olijanob ğoya va niyatlar yölida hamkor va hamjihat bölib faoliyat körsatmoqda.

“Bağrikenglik” (“tolerantlik”) sözi deyarli barça tillarda bir xil yoki bir birini töldiruvçi mazmunga ega.  Ularni umumlaştirib “bağrikenglik” çidamlilik, bardoşlilik, özgaça qaraşlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda böliş, muruvvatlilik, himmatlilik, keçirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma’nolarga ega deyiş mumkin.

Davlatimizning dinga nisbatan siyosati, uning konstitutsiyasidagi inson huquqlari, e’tiqod va vijdon erkinligi tamoyillariga asoslanib, biror millatni yoki diniy e’tiqodni kamsitişga yöl qöymaydi. Aksinça, respublikamizdagi mavjud boşqa konfessiyalarning ham rivojlanişiga doimo e’tibor qaratib kelmoqda.

Qadimdan diyorimizda buddaviylik, zarduştiylik, nasroniylik, yahudiylik, islom dinlari yonma-yon yaşab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan şaharlarimizda masjid, çerkov, sinagogalar faoliyat körsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub bölgan xalqlar, qavmlar öz diniy amallarini emin-erkin ado etgan.

Muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimning 50 dan ortiq surasidagi yuzlab oyatlarda musulmonlar mömin-qobillik, tinçlikparvarlik va boşqa e’tiqod vakillariga nisbatan bağrikenglikka da’vat etilganlar.

Diyorimizdan yetişib çiqqan allomalarning asarlarida diniy bağrikenglik bilan boğliq qadriyatlarni tarğib qiluvçi ğoyalar keng yoritib berilgan. Buyuk alloma, moturidiya aqidaviy yönalişi asosçisi Abu Mansur al-Moturidiyning asarlarida bayon etilgan bağrikenglik ğoyalari bunga misol böla oladi. Jumladan, Moturidiy  Qur’oni Karim oyatlarining tafsiriga bağişlangan, islom olamida juda keng tanilgan “Ta’vilot ahli sunna” asarining “Haj” surasi 40-oyat tafsirida: “Çerkov va sinagogalarni vayron etiş man etiladi. Şuning uçun ham, musulmonlar yurtida şu davrgaça ular buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ahli ilm orasida ixtilof yöqdir”,– deb qat’iy ta’kidlaydi.

Samarqandlik faqih, mufassir Abu Lays Samarqandiy  esa özining “Bahr al-ulum” nomli tafsir kitobida Qur’oni Karimdagi  “Mumtahana” surasining 8, 9-oyatlari şarhida “Sizlar bilan dinda uruş qilmagan özga din vakillari bilan bordi-keldi qiling, ular bilan adolatli muomala qiling”,- deb yozadi.

Nasaflik maşhur faqih, mufassir Abul Barakot an-Nasafiy  özining  “Madorik at-tanzil” asarida mazkur oyatlarni “Özga din vakillariga ehtirom körsating hamda ularga sözda va amalda yaxşilik qiling”, — deb şarhlaydi.

Mamlakatimiz tom ma’noda diniy bağrikenglikning tarixiy merosxöri sifatida jahon hamjamiyatida e’tirof etilmoqda. Tariximizning eng murakkab, oğir davrlarida ham dinlar örtasida diniy asosda mojarolar bölmagani xalqimizning diniy bağrikenglik borasida katta tajriba töplaganidan dalolat beradi.

Xulosa örnida, yurtimizda millatlararo va davlatlararo totuvlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan yangi ğoya va taşabbuslarning paydo bölayotganligi döstlik va hamjihatlik qörğonining yanada mustahkam bölişiga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari e’tirof etganidek, “Özbekistonning boyliklari köp, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz–jamiyatimizda hukm surayotgan tinçlik, millatlararo döstlik va hamjihatlikdir”.

Muzaffar Qosimov,

“Xoja Buxoriy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi

 ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mudir örinbosari