OLIMLAR IKKI DUNYO ÇAROĞIDIR
20

قَالَ النَّبِيُّ عَلَيْهِ السَّلَامُ: اتَّبِعُوا الْعُلَمَاءَ فَإِنَّهُمْ سُرُجُ الدُّنْيَا مَصَابِيحُ الْآخِرَةِ
Guftand Nabiy alayhissalom: “Payraviy kuniton olimonroki, olimon çaroği dunyo va oxiratand”.
Bas har musulmonro lozim astki ba ulamo payraviy namuda ahkomi din va masoli şar’i mubin azfaroiz va vojibot va sunan va muharramot va makruhot va mufsidot va masoli namoz va röza va haj va zakot va muomalot va e’tiqodotro pursida donista ba farmudai ulamo amal namoyad ki ulamo rahnamoi islomand. Zeroki, donistani faroiz va vojibot bazimmai hama musulmonon farz ast. Bedonistan ma’noi farz va bedonistani adadi faroiz dar namoz hargiz namoz durust naxohad şud. Boyad ma’noi farz va adadi faroiz va vojibotro az ulamo omuxta fahmida namoz xonand. Varna xonda va noxonda barobar ast. Azhazor savdogari donistani namozi vojib va lozim ast. Vanez donastani masoili röza va haj va zakot va soiri ibodot va muomolot farz va qarzast.
Nazm:
Ey tavongar nadoni ma’noi farz,
Ablahi nazdi jumla ahli din.
Bas hamidon faroiz az ulamo,
Ulamo bas çaroği şar’i mubin.
Tarjima:
Nabiy alayhissalom aytdilar: “Olimlarga ergaşinglar, çunki olimlar dunyo va oxirat çiroğidir”. Şuning uçun har bir musulmonga olimlarga ergaşiş, din ahkomlari va oydin şariat masalalarini, ya’ni farzlar, vojiblar, sunnatlar, harom qilingan narsalar, makruhlar, ibodatni buzadigan narsalar, şuningdek namoz, röza, haj, zakot, muomalot (oldi-berdilar) va e’tiqodga oid masalalarni sörab-suriştirib bilib oliş hamda olimlarning aytganiga amal qiliş lozimdir. Çunki olimlar islomning yöl körsatuvçilaridir, zero farzlar va vojiblarni biliş barça musulmonlarning zimmasidagi farzdir.
Farzning ma’nosini bilmasdan va namozdagi farzlar sonini bilmasdan turib, namoz heç qaçon töğri bölmaydi. Farzning ma’nosini, farzlar va vojiblar sonini olimlardan örganib, tuşunib olib, keyin namoz öqişlari kerak. Aks holda buni bilmay öqigan ham, öqimagan ham barobardir. Ming savdogarlikdan köra, bir namozni biliş afzal va lozimdir. Şuningdek, röza, haj, zakot va boşqa ibodatlar hamda muomalotga oid masalalarni biliş ham farz va qarzdir.
Şe’r:
Ey dimoğdor, farzni bilmas gumrohsan,
Barça dindor nazdida sen ablahsan.
Ulamodan farzlarni örgangin,
Şar’i mubin çiroği ular, bilgin.
Manba: Sayd Axmad usta Azim öğli Samarqandiyning arbain asari asosida tayyorlandi.
Utkir Maxmudov
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi öqituvçisi
