BIR ILM – BIR QADAM
15

Bugun mustaqil, tinç bolgan jonajon Vatanimizda yaşar ekanmiz, ilm-fan taraqqiyoti bilan çambarças boğliq ravişda barça sohalarning özgarişiga guvoh bölmoqdamiz. Insonlarning turmuş tarzi yengillaşdi, vazifalarni bajariş osonlaşdi, şular qatorida sayohat qiliş ham osonlaşdi.
Bu safarlarimiz xoh ilm, xoh tijorat, xoh ibodat yoki boşqa sabab uçun bolsin, bugun vatandoş bolgan musulmon birodarlarimiz dunyoning turli çekkalariga yoki mamlakatimiz içida safar qilib yurişibdi. Modomiki, safar hayotimizning ajralmas qismi ekan, bu asnosida özimizga lozim bölgan narsalarni tark qilmasligimiz kerak böladi.
Bugungi kunda musofirlikda yöl yuradigan ba’zi birodarlarimizning safarlari davomida sunnat namozlarini tark qilayotganliklari haqida eşitib qolamiz. Biz bu holatni ularning bu namozlarning ahamiyatini töla-tokis anglamasliklaridan deb bilamiz. Şu sababli bu namozlarning ahamiyatini yana bir bor eslatib otişni özimizga lozim topdik.
Yana bir narsani unutmasligimiz lozimki, bu safarlar köpinça rizq va mol talabida böladi. Biz quyida keltiradigan hadisda sunnat namozlarning fazli va unga beriladigan mukofot haqida soz boradi:
عنْ أُمِّ حَبِيبَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا، قَالَتْ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : «مَنْ صَلَّى فِي يَوْمٍ وَلَيْلَةٍ اثْنَتَيْ عَشْرَةَ رَكْعَةً؛ بُنِيَ لَهُ بَيْتٌ فِي الْجَنَّةِ: أَرْبَعاً قَبْلَ الظُّهْرِ، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَهَا، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْمَغْرِبِ، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْعِشَاءِ، وَرَكْعَتَيْنِ قَبْلَ صَلَاةِ الفجر» رواه الترمذي
Ummu Habiba roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kim bir keça-kunduzda ön ikki rakat namoz öqisa, uning uçun jannatda bir uy quriladi: peşindan oldin tört rakat, undan keyin ikki rakat, şomdan keyin ikki rakat, xuftondan keyin ikki rakat va bomdod namozidan oldin ikki rakat». (Termiziy rivoyat qilgan)
Uşbu hadisdan malum böladiki, bir keça-kunduzdagi on ikki rakat (sunnat) namoz uçun jannatda bir uy bino qilinadi. Hadisning bu qismiga urgu berayotganimizning sababi, yuqorida safarlarimiz asosan rizq va mol talabida bolişini aytgandik. Rizq va molni bu qisqa umrimizda yaşaş şaroitimiz yaxşilanişi uçun topamiz. Habibimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa bizga safarimizda oğirlik qilmaydigan (ya’ni on ikki rakat bir vaqtda emas, balki har farz namozi bilan qoşib bolib-bolib oqiladigan) sunnat namozlari sabab abadiy diyorda uy barpo qilinişi haqida başorat berdilar. E’tibor nazari bilan qarasak, qay biri bizga afzal ekanini şubhasiz bilib olamiz.
Bu bir ilm bilan sizga safaringiz asnosida maşaqqat tuğdirmaydigan, oxirat diyorida ulkan darajalarga sabab böladigan sunnat namozining ahamiyatini eslatib ötdik. Bu arzimas harakatimiz sizga va bizga ham manfaatli böladi degan umiddamiz.
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Xakimboyev Fayzullo
