USTOZLAR EʼTIBORI — ŞOGIRDLAR KAMOLOTIGA: «XOJA BUXORIY» MADRASASI RAHBARI ÖZ BITIRUVÇILARI HOLIDAN XABAR OLDI

9

Taʼlim muassasasining öz bitiruvçilari bilan doimiy aloqada bölişi, ularning keyingi tahsili, yutuqlari va intilişlariga eʼtibor qaratişi ustoz-şogirdlik anʼanalarining eng gözal körinişlaridan biridir. Zero, yoşlarga bölgan ğamxörlik ularning bir taʼlim bosqiçini yakunlaşi bilan töxtab qolmaydi. Aksinça, keyingi ilm yölida ham ularni qöllab-quvvatlaş, zarur maslahat va maʼnaviy madad beriş haqiqiy ustozlik masʼuliyatining davomidir.
Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining talaba-yoşlar holidan muntazam xabar oliş, ularning taʼlim-tarbiyasi va ijtimoiy holatiga eʼtibor qaratiş borasidagi topşiriqlari ijrosi doirasida Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida «Xoja Buxoriy» madrasasini tamomlab, bugungi kunda institutda öqişini davom ettirayotgan bitiruvçilar hamda Qaşqadaryo viloyatilik, jami 24 nafar talaba iştirokida samimiy uçraşuv taşkil etildi.
Mazkur uçraşuvda «Xoja Buxoriy» madrasasi rahbari Ötkir domla Ğuzarov iştirok etib, öz taʼlim dargohida tahsil olgan, ayni paytda oliy diniy taʼlim bosqiçida ilm olayotgan şogirdlari bilan qayta diydorlaşdi. Şuningdek, Qaşqadaryo viloyatidan kelib tahsil olayotgan talabalarning öqişi, intilişlari va ularni qiziqtirayotgan masalalar bilan yaqindan tanişdi.
Mehmonni institutning Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça prorektori Yo. Buxarbayev kutib olib, uçraşuvni kiriş sözi bilan oçdi.
Prorektor dastlab Ötkir domla Ğuzorovni pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga erişgani bilan samimiy tabriklab, kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat davomida Yo. Buxarbayev taʼlim muassasalari rahbarlarining öz bitiruvçilari bilan aloqalarni uzmasdan, ularning keyingi taqdiri, taʼlim oliş jarayoni va erişayotgan natijalaridan muntazam xabardor bölib turişi alohida eʼtiborga molik ekanini taʼkidladi.
Ayniqsa, madrasa rahbarining şogirdlari tahsil olayotgan institutga taşrif buyurib, ular bilan bevosita muloqot qilişi, muammo va ehtiyojlariga qiziqişi hamda ilm yölidagi intilişlarini rağbatlantirişi taʼlim-tarbiya jarayonidagi uzviylikning amaliy namunasi sifatida eʼtirof etildi.
Öz navbatida, «Xoja Buxoriy» madrasasi rahbari Ötkir domla Ğuzarov şogirdlari bilan qayta diydorlaşganidan mamnunligini bildirib, ularning bugungi tahsili va kelajak maqsadlari bilan qiziqdi. U madrasada olgan bilimlarini oliy taʼlim bosqiçida yanada mustahkamlab borayotgan yoşlarni köriş har bir ustoz uçun quvonç va faxr manbai ekanini taʼkidladi.
Uçraşuvda talabalarga ilm olişda sobitqadam böliş, vaqtdan samarali foydalaniş, ustozlarga ehtirom körsatiş va öz ustida muntazam işlaş yuzasidan tavsiyalar berildi. Şuningdek, internet va zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalaniş, jahonda keçayotgan jarayonlardan xabardor böliş hamda diniy bilimlar bilan bir qatorda zamonaviy könikmalarni ham egallaş muhimligi qayd etildi.
Ötkir domla Ğuzorov talabalarni maʼnaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş bilan birga, zarurat tuğilganda moddiy kömak berişga ham tayyor ekanini bildirdi. Bu esa yoşlarning ilm oliş yölidagi intilişlari doimiy eʼtiborda ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Uçraşuvning eng muhim jihati şunda böldiki, unda taʼlim muassasasi rahbari öz bitiruvçilarining bugungi hayotiga befarq emasligini, ularning keyingi taʼlim bosqiçidagi faoliyati ham ustozlar eʼtiborida ekanini amalda körsatdi. Bunday taşabbuslar madrasa va oliy diniy taʼlim muassasasi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, talabalarda özi tahsil olgan dargohga hurmat va minnatdorlik tuyğularini yuksaltirişda muhim ahamiyatga ega.
Tadbir yakunida Yo. Buxarbayev mehmonga samimiy taşrifi, yoşlarga körsatayotgan eʼtibori va ularning taʼlim-tarbiyasiga bölgan ğamxörligi uçun minnatdorçilik bildirdi. Şuningdek, institut nomidan esdalik sovğasi hamda professor-öqituvçilar tomonidan naşr etilgan bir qator ilmiy-maʼrifiy kitoblar taqdim etildi.
Samimiy va döstona ruhda ötgan mazkur uçraşuv muftiy hazratlarining talaba-yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan topşiriqlari ijrosining amaliy ifodasi böliş bilan birga, diniy taʼlim muassasalari rahbarlarining öz bitiruvçilari bilan doimiy aloqada bölişi, ularning holidan xabar olişi va ilm yölidagi kamolotini kuzatib borişining ahamiyatini yana bir bor körsatdi.
Zero, ustozning şogirdiga bölgan eʼtibori taʼlim dargohi bilan çegaralanmaydi. Şogirdning har bir yutuği ustoz uçun quvonç, uning kamoloti esa yillar davomida berilgan taʼlim va tarbiyaning eng munosib samarasidir.