ISLOMDA URF-ODATGA MUNOSABAT

13

Islom fiqhida urf-odat ham shariat ahkomlarini belgilashda, oyat hamda hadislarni to‘g‘ri tushunishda va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim va e’tibor qilish lozim bo‘lgan ishlardan hisoblanadi. Chunki ulamolar urf-odatni e’tibori bor ekanligiga Qur’on va sunnatdan dalil keltirganlar. Ibnu Obidin rohimahulloh “Nashrul urf” nomli kitoblarida “Bilginki, ba’zi ulamolar urfning e’tiborli ekanligiga Alloh taoloning “Kechirimli bo‘l, yaxshilikka buyur” (A’rof
199) oyatini dalil qilganlar” deydilar. Urfning e’tiborli ekanligiga sunnatdan dalil bu Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning “Musulmonlar yaxshi deb bilgan narsa, Allohning nazdida ham yaxshidir” degan hadislari. Xossatan Jaloliddin Suyutiy, Shofeiy, Zayniddin ibn Nujaym va ko‘p faqihlar urfning e’tiborli ekanligiga shu hadisni dalil qilganlar. Demak bir xalqning urf-odati Qur’on va sunnatga xilof bo‘lmasa, yoki dalil kelmagan ishlarda e’tiborli bo‘lib qolaveradi. Bugungi kunda ba’zi toifalar shariatga xilof bo‘lmagan urf-odatlarni ham inkor qilib jamiyat ichida nafrat va adovat qo‘zg‘ayaptilar.  Bizni jamiyatimizda esa ko‘p ishlar shariatda asli bo‘lib, xalqni qoniga singib ketgan va odatga aylanib qolgan. Ba’zi nodonlar johilliklari sababidan o‘sha odatga aylanib qolgan ishlarni kelib chiqishini bilmasdan inkor qilishlari o‘ta beadablikdir. Shuning uchun musulmon kishi diniga e’tiborli bo‘lmog‘i, ulamolar yo‘liga ergashmog‘i lozimdir…

Muzaffar Qosimov, Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari