ODOB — INSONNING ZIYNATI
57

Bizning tilimizda «odob» tarzida talaffuz qilinishga odatlanib qolingan arabcha «adab» soʻzi oʻzi aslini olganda «maʼdaba» oʻzagidan olingan. Maʼdabaning oʻzi esa odamlar chaqiriladigan ziyofatni anglatadi. Odob ham insonlar unga doimo chaqiriladigan maʼnaviy «maʼdaba» — ziyofat boʻlgani uchun shu nomni olgan.
Xozirgi kunda Gʻarb madaniyati taʼsirida «odobni»ni «madaniyat» deyish ham joriy boʻlgan. Misol uchun, «ovqatglanish odobi» deyish oʻrniga «ovqatlanish madaniyati» deyiladi. Insoniyat tarixida odob masalasini toʻlaqonli ravishda Islom boshlagan desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning oʻz odobi bor. Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning hadislarini jamlovchi kitoblarimizni har birida «Kitobiga adab» nomli ichki kitoblar borligi bunga yaqqol dalil boʻladi.
Odob masalasi Islomda juda muhim sanaladi. Chunki Alloh taʼologa yaqin boʻlish ham odobni hosil qilishga bogʻliqdir. Rosululloh sallallohu alayhi vasallam ham aytdilar: «Men goʻzal axloqlarni mukammal qilish uchun yuborilganman». Shu sababli ham biz musulmonlarga barcha ishlarimizda odobga rioya qilishimiz lozim boʻladi.
Musulmonning odoblaridan boʻladi:
-Kattalarni hurmat qilishlik
-Salom berishlik
-Kichiklarni izzat qilishlik
-Yolgʻon gapirmaslik
-Vaʼdafa xilof qilmaslik
-Haqoratli soʻzlarni gapirmaslik
Atavullayev Ziyoviddin, 3-kurs talabasi
