SUNNATGA ERGASHISH — HAQ YO‘LGA ERGASHISHDIR

14

Inson hayotida to‘g‘ri yo‘lni topish va unda sobit qolishi eng muhim masalalardan biridir. Inson turli fikrlar, qarashlar va hayotiy sinovlar qarshisida qolganida, unga mustahkam tayanch va aniq mezon zarur bo‘ladi. Dinimizda bu asosiy tayanch — Alloh taoloning Kitobi va Rosulining sunnat yo‘lidir.

Bugungi kunda inson turli xil axborotlar, fikrlar va qarashlar orasida yashaydi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali har xil ma’lumotlar tez tarqalmoqda. Bunday sharoitda inson har bir ma’lumotni tekshirmasdan qabul qilmasligi, din masalalarida esa ishonchli manbalarga murojaat qilishi muhim.

Shunday ekan, biz sunnatning lug‘aviy, istilohiy ma’nolarini, sunnatga amal qilish haqida kelgan oyat va hadislarni, sunnatlarga amal qilishga haris bo‘lish borasidagi ba’zi misollarni ko‘rib chiqamiz.

Sunnat lug‘atda:

yo‘l, odat ma’nolarini bildiradi. Bu ma’nolar ba’zan yaxshilikka, ba’zan yomonlikka ishlatiladi.

Sunnatning istilohiy ma’nosi:

Usul ulamolari sunnatga quyidagicha ta’rif berganlar:

«السنة ما نُقِلَ عن رسول الله صلى الله عليه وسلَّم من قول أو فعل أو تقرير»

Sunnat — Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan so‘z, fe’l yoki taqrirdir.

Hadis ulamolarining istelohida:

«السنة: ما أثر عن رسول الله صلى الله عليه وسلم من قول أو فعل أو تقرير أو صفة»

Sunnat — Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan naql qilingan so’z, fe’l, taqrir yoki sifatdir.

Shu o‘rinda sunnat va hadis o‘rtasidagi farq haqida jumhur ulamolar aytgan so‘zni keltirib o‘tsak.

السنة هى قول أو فعل أو تقرير. أما الحديث فهو قول النبيّ صلى الله عليه وسلم فقط.

Sunnat: soʼz, feʼl yoki taqrir. Ammo hadis Nabiy sollallohu alayhi va sallamning faqat soʼzlaridir.

Bu taʼrifga koʻra, sunnat hadisdan umumiydir. Chunki hadis faqat Nabiy alayhissalomning soʼzlari.

في قول آخر: إنّ الحديث ما نقل عن رسول الله صلى الله عليه وسلم و ما نقل عن الصحابة. أمّا السنة فهي ما نُقل عن رسول الله عليه الصلاة والسلام فقط.

Yana boshqa bir qovlda: hadis Rosululloh va sahobalardan rivoyat qilingan boʼladi, sunnat esa faqat Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan boʼladi, deyiladi.

Bu taʼrifda hadisning sunnatdan umumiyligi aytilmoqda. Sababi sunnat faqat Nabiy alayhissalomga oiddir.

Demak, shu yergacha sunnatning lug‘aviy va istelohiy ma’nolari haqida umumiy maʼlumotga ega bo‘ldik.

Sunnatga ergashishga dalolat qiluvchi oyat va hadislar

Endi sunnatga ergashishga dalolat qiluvchi oyat va hadislarni ko‘rib chiqamiz.

Alloh taolo «Oli Imron» surasining 31-oyatida:

{ قُلۡ إِن كُنتُمۡ تُحِبُّونَ ٱللَّهَ فَٱتَّبِعُونِی یُحۡبِبۡكُمُ ٱللَّهُ وَیَغۡفِرۡ لَكُمۡ ذُنُوبَكُمۡۚ وَٱللَّهُ غَفُورࣱ رَّحِیمࣱ }

deya marhamat qiladi.

Maʼnosi: Sen: «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladi va sizlarni gunohlaringizni mag‘firat qiladi», deb ayt.

«Hashr» surasi 7-oyatida quyidagicha keladi:

{ وَمَاۤ ءَاتَىٰكُمُ ٱلرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَىٰكُمۡ عَنۡهُ فَٱنتَهُوا۟ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِیدُ ٱلۡعِقَابِ }

Maʼnosi: Payg‘ambar sizga nimani bersa, o‘shani olinglar va nimadan qaytarsa, o‘shandan qaytinglar. Allohdan қўрқинглар. Albatta, Alloh azobi shiddatli zotdir.

عن مالك بن أنس مرسلا، قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: «تركتُ فيكم أمرينِ لنْ تضلّوا ما تمسّكتم بهما: كتابَ اللّه و سنّة رسولِه.» رواه في«الموطأ»

Molik ibn Anasdan(Alloh u kishiga rahm qilsin) mursal holda rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlarga ikki narsani qoldirdim. U ikkisini mahkam ushlar ekansiz, hargiz adashmaysizlar: Allohning Kitobi va Rasulining sunnati» — dedilar.

عن أبي سعيد الخدريّ قال:قال رسول اللّه صلى الله عليه وسلم: «من أكلَ طيِّبًا و عمِل في سنّة و أمِنَ الناسُ بَوائِقَه دخل الجنةَ. فقال رجلٌ: يا رسول الله! إنّ هذا اليومَ لكثيرٌ في الناسِ؟! قال: و سيكون في قرونٍ بعدي.» رواه الترمذي

Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim halol taom yesa va sunnatga amal qilsa va insonlar uning yomonligidan omonda boʼlsa jannatga kiradi» -dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning Rosuli albatta bugun bunday kishilar insonlarning orasida koʼp-ku?» -dedi. Nabiy alayhissalom: «mendan keyingi asrlarda ham shunday boʻladi.»-dedilar.

Yuqorida keltirib oʻtilgan oyat va hadislarda sunnatga ergashish qanchalik muhim ekanligi, sunnatga ergashgan kishiga beriladigan mukofot, insonlarga zarar bermaslik, halol rizq yeyish, Qurʼonga ergashish, jannatga qanday erishish haqida so’z ketmoqda.

Sahobalarning sunnatga amal qilishdagi rag‘batlari.

Ibn Umar roziyallohu anhuma mayyitga janoza oʼqib dafnigacha qolmasdan ketardi va manashuni komil sunnat deb oʻylardi, mayyitning dafnigacha ergashgan kishiga beriladigan savoblar haqida bilmaganligi uchun.

Bir kun uning oldiga Xabbob kelib: ey Abdulloh Abu Hurayraning nima deyotganini eshitmayabsizmi? Rosulullohning «mayyitga namoz oʼqib soʼng dafn qilingunicha ergashgan kishiga 2 qiyrot, namoz oʼqib dafn qilinishida oldin ketgan insonga 1 qiyrot ajr berilishi va 1 qiyrot Uhud togʼidek bo‘ladi» deganini eshitgan ekan.

Shunda ibn Umar roziyallohu anhuma bu haqida soʼrash uchun Oisha roziyallohu anhoning oldiga odam yubordi. Elchi kelib bu xabarning rostligini aytgach, Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo qoʼlidagi toshlarni yerga urib: «Biz juda koʼp qiyrotlardan mahrum boʻlib qolibmiz», — dedi.

Shu xabarning oʼzi ham sahobalar roziyallohu anhumlarning dinning koʼrsatmalariga amal qilishda ragʼbati qanchalar kuchli boʼlganligini, amal qilolmay, oʼtkazib yuborganlariga esa qanchalar afsuslanganliklarini bilishimiz uchun kifoyadir.

Ulamolarning sunnatga amal qilishdagi harisligi.

Imom Shofe’iy rohimahulloh: juma kuni gʼusl qilish sunnatligini bilganimdan keyin uni tark qilmadim. — degan.

Bu xabar ham moʼminlar sunnatga amal qilishga haris boʼlganliklari, shu yoʻlda sobit turganliklariga namunadir.

Alloh taolo barchamizga, salaflarimizga ergashgan holda sayyidimizning xulqlari ila xulqlanishlikni nasib aylasin.

Axmedov Mansurxon, 3-kurs talabasi