QUR’ON HOFIZI — ISLOMNING NURI
22

Qur’on hofizi Alloh taoloning kalomini qalbida joylagan insondir. Islomning asosi Qur’oni Karimda mujassamdir. Bu shunday bir kalomki, uni eshitgan inson ta’sirlanadi, o’qigan insonning qalbi rohat topadi. Xattoki, uni eshitgan g’ayridin kishini haq dinga kiritishga ham qodir.
Endi hofizi qur’onga keladigan bo’lsak, u misli qur’on uni o’rab olgandek, oyatlari uning qalbida jo bo’ladi. Hayotini qur’on bilan o’tkazadi. Chunki hofizi qur’on uni takror etib boradi, darslar oladi. Bu borada Uqba ibn Amr shunday deydilar:
,,Agar Qu’on jild ichida bo’lsa, olov uni kuydirmaydi» deb aytganlar. Abu Ubayd al Qosim bu so’z haqida ,,Undan inson iroda qilingan» deydilar. Ya’ni Alloh taoloning kitobini yod olgan insonni jahannam olovi azoblamas ekan.
Yana, Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda nabiy sollollohu alayhi vasallam Uhud jangida halok bo’lgan ikki kishining janozasida shunday deganlar
,,Bulardan qur’onni qaysi biri ko’p yodlagan». Biriga ishora qilingandan keyin, lahadga o’sha kishini birinchi qo’yar edilar. Bu hadis hofizi qur’on qanday ham ulug’ martabaga ega ekanligiga yana bir misoldir.
Darhaqiqat qur’on hofizi bu dunyoda ham u dunyoda ham mukarram qilib qo’yilar ekan. Alloh taolo bu dunyoda martabasini ulug’ va insonlarga aziz kishilardan qilar ekan. Ohiratda esa unga ,,Dunyoda qanday o’qigan bo’lsang, shunday o’qi va ko’taril. Sening oxirgi o’qigan joying u sening o’rning» deyiladi va uning darajasi ko’tarilib boriladi.
Mashhur Shom mujtadlaridan bo’lgan Imom Avzoiy rohmatullohi alayh ilm toliblariga dars berar ekanlar, dars halqasida kim yangi qo’shilsa unga ,,Hofizmisan» der ekanlar. Agar u hofiz bo’lmasa ,,Hofiz bo’lib kelganingdan keyin darsga kirasan» deb aytarkanlar. Agar ,,Ha, hofizman» desa, Qur’onning mushkulroq joylaridan savol berib imtihon qilar ekanlar va agar mustahkam bo’lmasa, ,,Tayyorlab kel keyin darsga kirasan der ekanlar. Imom Buxoriy rohmatulloh alayh ham qur’onni qanchadir qidsmini yodlab, hadisga berilib ketgan ekanlar, muhaddis ulamolar ,,Qur’onni yodlab kel keyin darsga kirishamiz» deganlar. Shunday keyin Imom Buxoriy rohimahulloh qur’on hofizi bo’lib keyin hadis ilmiga kirishgan ekanlar.
Albatta qur’on o’qigan kishining vaqtida baraka bo’ladi. Hayotida fayz paydo bo’ladi. Shunday ekan, biz o’zimizga qur’onni lozim tutsak, Insha Alloh Alloh taoloning va’da qilganlariga erishamiz.
3-B kurs talabasi Kupaysinov Muhammadnur
