MURABBIY (yohud Muallim, Ustoz, O`qituvchi)
40

Ko‘ngil mulkining sultoni o‘ziz,
Yo‘limizni yoritgan nurdir – ko‘ziz.
Bilmaganni o‘rgatib har kuniz,
Duo qilasiz haq ila so`ziz.
Insonlarga najot yo`li, ikki dunyo saodatining nizomi bo`lgan Qur`oni Krimnini “Iqro” (o`qi) degan nido bilan boshlagan Allohga hamdu sanolar bo`lsin.
Alloh taolo u zotni insonlarga yo`lchi mayoq, komil dinini insonlarga yetkazuvchi ustoz va murabbiy qilgan va bu ishni tamomiga go`zal holda yetkazgan Habibimiz Muhammad Mustafo sollollohu alayhi vasallamga va ahli oilalarigayu, sahobalariga hamda u zotga ergashganlarga salovatu salomlar bo`lsin.
Dunyoda nimayki mavjud bo`lsa u tarbiyachiga muhtojdir. Bu narsa ham aqlan ham naqlan dalillar bilan to`lib toshgan, tarix va tajriba esa buni isbotlagan haqiqatdir. Avvalo barcha borliqning murabbiyi Alloh subhanahu va haq taolodir. Mehribon Robbimiz bizni va boshqa barcha narsalarni yaratar ekan o`z holimizga tashlab qo`ysa nima bo`lardi?. Albatta barcha narsa fasodga uchrardi. Buyuk hikmat sohibi bo`lgan Robbimiz esa bizni hikimatiga munosib ravishda tarbiyalab, otamiz Odam alayhissalomga barcha narsalarning nomini ta`lim berdi. Bu ta`lim sababli esa otamiz Odamni farishtalardan ham afzal qildi. Bundan ma`lum bo`ladiki ta`lim tarbiyachi (Ustoz, Murabbiy, Oqituvchi) siz bo`lmaydi.
Keling ilm va ustozning fazliga qur`on va hadislardan dalillarni keltiramizda shu dalillar asosida suhbatni davom ettirib boramiz.
«…Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni darajalarni ko‘tarur…» (Mujodala surasi, 11-oyat).
Sharh: Bu oyat ilmli kishilarning jamiyatdagi yuksak mavqei va hurmatga loyiqligini ko‘rsatadi.
«…Aytgin: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘ladilarmi?!» Darhaqiqat, faqat aql egalarigina eslatma olurlar» (Zumar surasi, 9-oyat).
Sharh: Inson har qancha aqilli, bolig`, ishbilarmon, o`z sohasining mutahassisi bo`lmasin, bilmaydigan masalasida bir ustozga muhtojdir. Hatto yunon faylasufi Suqrot ham mahalliy saylash jarayonida shunday degan ekan “Meni ovozim bilan hech narsani bilmaydigan oddiy kishini ovozi qanday teng bo`ladi”?. Bu misol balki noo`rindek ko`rinar, lekin sizlarga anglatmoqchi bo`lganimiz shuki inson tabiati ham bu ikkisi teng emasligini anglaydi. Ya`ni ilmsiz najot yo`q, ilm esa ustozlardan olinadi.
«Agar bilmasangizlar, zikr ahillaridan (ilm ahillaridan) so‘rangizlar!»
(Anbiyo surasi 7-oyati hamda Nahl surasi 43-oyati)
Sharh: Dona xalqimiz bu oyatning mazmunini juda sodda qilib tushuntirib qo`yganlar. “So`rab so`rab o`rgangan olim, so`ramagan o`ziga zolim”. Bunda juda bir nozik nuqta yoritilgan bilmasak biladiganlardan so`rashimiz kerak ekan, demak agar biluvchi bizdan kichik, yoki biz uni yoqtirmagan kishingiz bo`lsa ham ilm va haqni bilish uchun unga murojaat qilishimiz va uni ustoz tutishimiz lozim bo`ladi.
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kattalarimizni hurmat qilmagan, kichiklarimizga rahm qilmagan va olimimizning (ustozimizning) haqini tanimagan bizdan emasdir»
(Imom Ahmad rivoyati).
Yana bir hadisi sharifda shunday deydilar
“Sizlarning yaxshilaringiz qur`onni ta`lim olib uni ta`lim berganingizdir”
(Imom Buxoriy rivoyati)
Sharh: Birinchi hadislardan olimlarning hurmati juda muhim ekanini “bizdan” emas” deb aytilin ganidan ham bilsa bo`ladi. Har birimiz ustozlarni hurat va ikrom qilishimiz lozim bo`ladi. Ikkinchi hadisda esa qur`on ta`limi haqida so1z bordi. Hammamizga ma`lumki, qur`on faqat diniy ilmlar bilan emas boshqa juda ko`plab ilmlar bilan to`laligi. Demak ustozlarni hurmat qilishda ham biz ularning sohalarini ajratmaymiz. Barchalarini ular diniymi, tibbiymi yoki boshqa sohada bo`ladimi ilm o`rgatmoqdalarmi biz ularni ustoz deb e`zozlaymiz.
Salafi solihinlar va ulug`larning bu borasidagi hikmatli so`zlari.
Hazrati Ali roziyallohu anhuning so‘zlari:
«Kim menga bir harf o‘rgatsa, uning qulig‘i bo‘lay!»
Sharh: Bu yerda bir harf haqida so`z bormoqda, biroz insof ko`zi bilan qarasak birgina bog`chaning o`zida hariflar u yoqda tursin qanchadan-qancha narsalarni o`rganayabmiz. Endi esa maktab va boshqa ta`lim dargohidagi oladigan ilmlarimizni so`zlashga hojat yo` deb o`ylayman azizlar.
Imom Abu Hanifa rahimahullohning odoblari: Buyuk imom ustozlari Hammod ibn Abu Sulaymonning uylari tom tomoniga oyog‘ini uzatib yotishdan ham odob yuzasidan o‘zlarini tiyganlar va har namozdan keyin ustozlarining haqiga duo qilganliklarini aytganlar.
Sharh: Bu zotlar bejiz “Mujtahidi Mutloq” emaslar. Shunki odob ilmdan oldin turishini chin qalbdan, sof samimiyat ila his qilganlar. Bizlar ustozlarimiz har qanchadan-qancha ta`lim berishlariga qaramay ularni e`azozu-hurmat qilishda juda beparvomiz.
XULOSA
Agar dalilu, hikmat keltiramiz desak juda katta kitoblari yozishimizga to`gri kelgan bo`lardi. Bizning maqsadimiz esa siz azizlarga ilm beruvchi, to`grilikka boshlovchi ustozlarimizning ahamiyatlarini qisqalik bilan anglatmoqdir, shu bois sizlarni bir e`tibor nazari bilan siz uni oddiy sanagan lekin ustozlar uni ta`lim bermaganda inson qanchalar qiynalishi mumkin bo`lgan holatlar haqida mulohaza qilishga undab qolamiz. (misol: agar hozir hisob-kitobni bilmaganingizda hayotda qanchalar qiynalgan bo`lardingiz? Vaholanki hisob-kitobni sizga 1-sinfdayoq ta`lim berishgan. Insof va qalb ko`zini ochib nazar soling!)
3-kurs talabasi Xakimboyev Fayzullo
