Bilim bergan qo‘l, ko‘ngil ochgan so‘z
23

Kursiv-TD-card-uz
Inson dunyoga ojiz kelib, ilm bilan kamolga yetadi. Shu yo‘lda unga birinchi bo‘lib qo‘l cho‘zganlar, ya’ni ota-ona va ustoz uning hayotida bebaho iz qoldiradi. “Bilim bergan qo‘l ko‘ngil ochgan so‘z” iborasi ikki nematni yonma-yon qo‘yadi: ilm va mehr.
Bola aqlini taniy boshlashi bilan uni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirguvchi, ta’lim va tarbiya berguvchi bir qo‘l tutadi va uni kamolot sari yetaklaydi. Bu zod ustozdir. Ustozning shirin so‘zlari o‘quvchi qalbining zar varoqlarini birma bir varoqlab uni ma’naviy oziqlantiradi. Hamda ustoz o‘z qalbidagi ilmlarni o‘sha varoqlarga bitadi. Darhaqiqat ilm qalbdadir, qalbdan qalbga o‘tadi.O‘quvchi ustozdan faqat bilim olibgina qolmay, unga amal qilishni o‘rganadi, xato qilganida esa ustoz unga yana imkon birishi bilan esa u jasoratni o‘rganadi.
“Ustoz otangday ulug‘” deydi dono xalqimiz. Otaning haqqini ado qilib bo‘maganidek ustozning ham haqqini ado qilib bo‘lmaydi.
Sa’diy Sheroziy aytadi: “ustoz shogirdiga ota kabi mehribon bo‘lsa shogird ilm bilan kamolga yetadi”
Xazrat Mir Alisher Navoiy quyidagi misralarni keltiradi:
“Haq yo‘linda Kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila,
Aylmak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganch ila.”
Alisher Navoiyning ustozlari haqida keltirib o‘tgan ushbu satrlarida chuqur ma’nolar bor. Zero har doim izlanishda bo‘lgan, o‘z ustida ishlab, o‘quvchi va talabalari uchun har kuni alohida tayyorgarlik ko‘rib kelgan, siz-u bizga erinmay bilim o‘rgatgan ustozlarning haqqini darhaqiqat, ado etib bo‘lmaydi.
Ali ibn Abu Tolib (r.a) aytadilar: “kim menga bir harf o‘rgatgan bo‘lsa meni o‘ziga qul qilib olib hohlasa sotib yuborsin hohlasa ozod qilsin” deganlar. Manashu o‘rinda ham ustozning martabasi va tolibi ilm ustidagi haqqi qanchalik ulug‘ ekanligi bayon qilinyabdi.
Usmon (r.a) dan rivoyat qilinadi: “sizlarning yaxshingiz quronni o‘rganib o‘rgatganingizdir” deyilgan. Buxoriy rivoyati. Yana bir hadisda: “ilm o‘gatuvchi va o‘rganuvchi savobda sherikdirlar, boshqa odamlarda esa yaxshilik yo‘q” deyilgan. Ibnu Moja rivoyati. Bu ikki hadisda insonlarning yaxshilari ilm bilan shug‘ullangan kishilar ekanligini bishimiz hamda tafakkur qilishimiz mumkin bo‘ladi. Alloh taolo quonu karimda marxamat qiladi: “Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilm berilganlarning darajasini ko‘taradi” mujodala sirasi 11-oyat. Bu oyatul karimada ilm ahlining darajasi va martabasi boshqi insonlarga nisbatan baland bo‘lishi aniq va ravshan bayon qilingan.
Ustoz va shogirt hangomalaridan :
Shogird ustozidan so‘radi:
Ustoz, nega men 2 yildan beri o‘qishga kira olmayapman? Buning sinoati nedir?
Ustoz chuqur o‘yga toldi va vazminlik bilan javob so‘radi: Sen quyoshning tog‘lar ortidan sekin-astalik bilan chiqishini, maysalar ustidagi qirovni qitiqlab eritib, tiniq shabnam tomchilariga aylantirishini kuzatasanmi?
Shogird: Albatta, ustoz.
Ustoz: Tog‘dan sharqirab, olamga shovqin solib tushayotgan sharsharaning, daryoda sokin mavjlanayotgan suvning so‘zlariga quloq solasanmi?
Shogird:Shubhasiz, ustoz.
Ustoz: Kumush qadahga to‘ldirib quyilgan mayning yuzida o‘z aksingni ko‘rganda chuqur o‘yga tolasanmi? Hayotning ma’nosi haqida fikr yuritasanmi?
Shogird:Juda ham ko‘p marta, ustoz.
Ustoz: Haa, ahmoq, kaltafahm! Vaqtingni bunaqa bekorchi narsalarga sarflamasdan qunt bilan o‘qiganingda allaqachon talaba bo‘lib yurgan bo‘larding! degan ekan.
Ustoz va murabbiylar jamiyat taroqqiyotining tunda yo‘l ko‘rsatuvchi chirog‘idir. Ular o‘z ko‘ngli nurini sarflab, shogirtlarining yo‘lini yoritadi. Har bir kashfiyot, har bir ezgu ish, har bir insonning ortida kimningdur sabri, kimningdur “ sen uddalaysan” degan iliq so‘zi turadi. Ustozni e’zozlash esa nafaqat shaxsga xurmat, balki kelajakka bo‘lgan ishonchning ifodasidir.
Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi Norboyev Hafizullo
