1-OKTABR — O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI
24

Mening hayotim borasida mendan koʻproq qaygʻuruvchi zot, u ustozimdir. Gohida bu qaygʻurish sezilmasligi mumkin, lekin chin qalbdan muvaffaqiyat tilaydi. Har qanday natijaga erishgan boʻlsam, albatta ustozlarimizning hissalari beqiyos.
Payg’ambarimiz s.a.v. shunday marhamat qilganlar:
«Albatta, men muallim (oʻqituvchi) qilib yuborildim.»
(Ibn Moja rivoyati)
Bu hadisi sharif odamlarga yaxshilikni oʻrgatuvchi ustozlarning qadri qanchalik yuksakligiga dalolat qiladi. Gohida ustoz otadan ham ulugʻ boʻladi, agar shogirdining oxirat saodatiga sabab boʻlsa. Lekin afsuski, bugungi kunda ilm chirogʻi boʻlgan ustozlarga koʻp odobsizliklar boʻlmoqda. Hozirda ustozlarga nisbatan turli xil behayoliklar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqda tarqalgani ochiq misol. Mazkur videolarda ustozni urgani, kamsitgani va haqoratlagani oddiy holdek koʻrsatilgan. Yaponiya davlatiga nazar solsak, u yerda ustozlarga hurmat juda baland, balki shu sababdan Yaponiya koʻp sohalarda dunyoda birinchi oʻrinda tursa…
Xulosa shuki, agar biz ikki dunyo saodatini xohlasak, ustozlarni rozi qilishimiz lozim. Ustozlardan bizdan oʻtgan kamchiliklar uchun uzr soʻraymiz va Allohdan ustozlarga oliy maqomlarni soʻrab duo qilamiz. Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar!
Xojiyev Anisjon 4-b kurs talabasi.
