HADIS ILMINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI

8

Hadis ilmi Islom dinining asosiy ilmlaridan biridir. Hadislar Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari, amallari va taqrirlari bo‘lib, Qur’ondan keyingi ikkinchi asosiy manba hisoblanadi.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Payg‘ambarga itoat qilgan kishi Allohga itoat qilibdi» (Niso, 80-oyat).

Yana:

«Payg‘ambar sizlarga nima bersa, uni olinglar» (Hashr, 7-oyat).

Bu oyatlar hadislarning shar’iy hujjat ekanligini ko‘rsatadi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam davrlarida sahobalar hadislarni yod olar edilar. Keyinchalik hadislar yozib borila boshlandi. Sahobalar va tobeinlar hadislarni avloddan avlodga yetkazdilar.

Hijriy ikkinchi va uchinchi asrlarda hadislarni to‘plash ishlari kengaydi. Bu davrda ko‘plab muhaddislar yetishib chiqdi.

Hadis ilmida barcha e’tirof eatdigan mashhur muhaddislar quyidagilardir: Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Abu Dovud.

Hadis ilmlarining turlari ham. Misol uchun ilmur-rivoya, ilmud-diroya, jarh va ta’dil ilmi, rijal ilmi. Bu ilmlar hadislarning sahihligini aniqlash uchun rivojlangan.

Hadis ilmi Qur’oni Karimni to‘g‘ri tushunish va Islom hukmlarini o‘rganishda beqiyos ahamiyatga ega. Muhaddislarning fidokorona mehnatlari tufayli hadislar bizgacha ishonchli ravishda yetib kelgan.

Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi Homidov Hikmatulloh