TA’LIM VA MA’RIFAT — RADIKALLASHISHNING OLDINI OLISHDA MUHIM OMIL
21

Radikallashish — insonning muvozanatli fikrlashdan chiqib, keskin va bir tomonlama qarashlarga berilishi jarayonidir. Bu holat jamiyatda nizo va beqarorlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun uning oldini olish juda muhim.
Radikallashishning oldini olishda eng muhim omil — ta’lim va ma’rifatdir. Bilimli inson turli g‘oyalarni tahlil qila oladi, to‘g‘ri va noto‘g‘ri axborotni farqlaydi. Shu bilan birga, dinimiz ta’limotida ham meyor va muvozanatga chaqiriladi. Muhammad (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: «Dinda haddan oshishdan saqlaninglar, chunki sizlardan oldingilar haddan oshganlari uchun halok bo‘lgan». Bu hadis insonni muvozanatli bo‘lishga va keskinlikdan yiroq yurishga chorlaydi.
Sog‘lom ijtimoiy muhit, do‘stlar tanlovi va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat ham insonni zararli ta’sirlardan asraydi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish esa har qanday yot g‘oyalarga ishonmaslikka yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, radikallashishning oldini olishning eng muhim omillari — bilim, tarbiya, ogohlik va sog‘lom muhitdir.
Sirojiddin JAHONOV
