ISLOM DINI FIRQALARGA BO‘LINISHGA QARSHI

23

Muqaddas islom dini musulmonlarni turli oqimlarga ajralib o‘zaro ixtiloflarga berilishlarini qoralaydi. Chunki turli oqimlarga bo‘linib o‘zaro ixtilof qilish musulmonlar kuchini zaiflashtiradi,islom dushmanlarini kuchayishi va musulmonlar ustidan o‘z hukmini o‘tkazishiga olib keladi, jamiyatda parokandalik keltirib chiqaradi,odamlarning bir birlariga ishonchi yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Bularning natijasida musulmon yurtlarining gegemon davlatlar tomonidan boyliklari talanishi,vayronaga aylantirilishi kabi natijalar kelib chiqmoqda. Bunga Suriya va Iroq kabi davlatlarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.

Bugungi kunimizda ham o‘zlariga hizbut tahrir va salafiy nomlarni qo‘yib    musulmonlarni orasini ajratib, ahli sunna val jamoat imomlarini yomonotliq qilib musulmonlarni bo‘linishiga, kuchsizlanib islom dushmanlari qo‘l ostida qolishiga sababchi bo‘lmoqdalar.Zero islom dini firqalarga bo‘linishga qarshi. Alloh taolo Qur’oni Karimning Oli Imron surasida shunday marhamat qiladi: «Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va bo‘linib ketmang». Alloma Ibn Kasir rohimahulloh o‘zlarining tafsirida «Bo‘linib ketmang «oyati borasida shunday deydilar:

«Alloh taolo musulmonlarni jamoat bo‘lishga buyurdi va ularni bo‘linishdan qaytardi. Batahqiq tafriqadan qaytarish, birlashish va o‘zaro kelishuv asosida yashashga buyurgan bir qancha hadislar kelgan.Sahihi Muslimda Abu Hurayra roziyallohu anhudan kelgan hadisda: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh uch narsada sizlardan rozi bo‘ladi va uch narsada sizlarga g‘azab qiladi. Allohga ibodat qilishingiz va Unga hech bir narsani sherik qilmasligingizdan va Allohning arqonini mahkam ushlab bo‘linmasligingizdan va Alloh ishingizga voliy qilgan kishiga nasihat qilishingizdan rozi bo‘ladi.

Va dedi-dedi, ko‘p savol berish va molni zoyye qilishingizga g‘azab qiladi» dedilar. Hadisdan ma’lum bo‘ldiki Rosululloh sollallohu alayhi vasallam tafriqaga bo‘linmasdan birlashishni Alloh rozi bo‘ladigan amallardan yekanligini bayon qilyaptilar.Shunday yekan biz musulmonlarga turli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislariga muvofiq tafriqaga bo‘linmasdan birlashib Allohning roziligiga intilishimiz lozim bo‘ladi.

Muzaffar QOSIMOV,

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari