ISROFGARCHILIKNI OLDINI OLISH
30

Alloh bandalariga juda koʻp neʼmatlar berdi, albatta bu neʼmatlarga shukur qilish bilan yanada ziyoda yoki qadriga yetmasdan isrof qilib gunohkor boʻlib qolish mumkin. Alloh taolo Qur’oni Karimda “… agar Allohni neʼmatlarini sanasingiz sanogʻiga yeta olmaysizlar”
( Ibrohim 34 ) deydi, haqiqatdan inson tafakkur qiladigan boʻlsa, bu neʼmatlar qanchalik koʻpligini koʻradi shu bilan birgalikda boshqa oyatlarda “… yenglar, ichinglar lekin isrof qilmanglar, albatta u (Alloh) isrof qilguchilarni yoqtirmaydi” ( A’rof 31 ) deb bu illatning maʼnaviy zararini uqtiradi. Quʼroni karimda koʻp oʻrinda Alloh isrofdan qaytaradi.
Bugungi kunda koʻplab toʻy va boshqa marosimlarda koʻplab isrofgarchiliklarni guvohi boʻlamiz. Bundan na oxirat uchun savob bor na dunyoda neʼmatni ziyoda boʻlishga sabab bor, bunday isrofgarchilikdan kimga foyda. Albatta inson oʻziga nima dunyo oxiratiga foyda boʻlsa shuni qilishi kerak.
Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda
Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom toʻy va tantanalarda isrofgarchilikdan qatʼiy qaytarganlar va oʻrtachalikka yengilchilikka chaqirgan, muborak hadislarida “… nikohning barakali boʻlgani – uning yengilrogʻidir deganlar.” ( Imom Bayhaqiy, Shu’bul iymon )
Yurtimizda isrofgarchilikni, dabdababozlikni oldini olish borasida olib borilayotgan chora tadbirlar dinimiz taʼlimoti bilan hamohangdir. Bu taʼlimot va chora tadbirlarga amal qilinsa — oila mustahkamligi, jamiyat farovonligi va milliy qadriyatlarimizni saqlab qolishga sabab boʻladi.
Shopulatov Muhammadqodir “Xoja Buxoriy” madrasasi 3-bosqich talabasi Yosh tadqiqotchilar ishtirokchisi
