AMIR TEMUR — BIZ BILGAN VA BILMAGAN SOHIBQIRON

30

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, har bir inson o‘z tarixidan boxabar bo‘lishi zarur ekan, o‘z ajdodlaridan ularga ibrat va namuna bo‘ladigan kishilarni ham yaxshi tanishi, ulatning go‘zal, yaxshi axloqlaridan o‘ziga olmoqligi lozim bo‘ladi.

​Amir Temur nomi tilga olinganda, ko‘z oldimizda ulkan saltanat qurgan qat’iyatli hukmdor gavdalanadi. Ammo uning shaxsi faqat jang-u jadallardan iborat bo‘lmagan. Keling, tarixdagi eng qudratli insonlardan biri haqida oddiy va qiziqarli tilda so‘zlashamiz.

​Amir Temur  tayyor taxtga o‘tirmadi, balki parchalangan yurtni birlashtirish uchun o‘n yillar davomida kurashdi. 34 yoshida hokimiyatga kelguncha u oddiy askarlikdan sarkardalik darajasigacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Bu bugungi kun tili bilan aytganda — haqiqiy muvaffaqiyat hikoyasi (success story).

​»Kuch — adolatdadir»: Shunchaki shior emas

​Amir Temur davlatni qonun bilan boshqarishni birinchilardan bo‘lib tizimga soldi. Uning mashhur «Temur tuzuklari» kitobi — bu shohlar uchun qo‘llanma. Unda u shunday yozadi:

​»Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni, birgina to‘g‘ri tadbir bilan hal qilish mumkin.»

​U o‘z saltanatida o‘g‘rilik va adolatsizlikka qarshi qattiq turgan. Aytishlaricha, uning davrida yosh bola boshiga bir tabaq oltin qo‘yib, mamlakatning bir chetidan ikkinchi chetiga xavfsiz borishi mumkin bo‘lgan.

Bundan tashqari u  quruvchi va me’mor kabi ko‘plab ishlarni ham amalga oshirdi.

​Temur qaysi shaharga bormasin, u yerdagi eng zo‘r ustalarni, muhandislarni Samarqandga olib kelgan. U: «Bizning qudratimizga shubhangiz bo‘lsa, biz qurgan imoratlarimizga boqing», deganida adashmagan edi. Shahrisabzdagi Oqsaroy hali ham butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etib ularni hayratga solmoqda.

​Hurmatli aziz yurtdoshlar barchamiz ham Amir Temur va u zot kabi ajdodlarimizning tarixi, bajargan ishlaridagi tajribalarini o‘rganishimiz va ular erishgan yutuqlarni bugungi kunga ham tadbiq qilishimiz kerak. Bu yo‘lda yagona yo‘l sidqi dildan o‘qish ta`lim olishdir.

​Fikrimning xulosa o‘rnida: Amir Temur — bu faqat o‘tmish emas, bu bizning o‘zligimiz. U bizga nimanidir niyat qilsang, unga erishish uchun bilim, sadoqat va adolat kerakligini o‘rgatib ketgan biz faxrlanadigan ajdodimizdir.

Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 2-kurs talabasi Xakimboyev Fayzullo