VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR
172

Alloh taolo inson zotini yaratdi, uning qalbiga vataniga bo‘lgan muhabbatni soldi va o‘zini kalomida bir qancha joylarida unga dalolat qildi. Jumladan mana bu oyati karimada:
وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ اقْتُلُوا أَنفُسَكُمْ أَوِ اخْرُجُوا مِن دِيَارِكُم مَّا فَعَلُوهُ إِلَّا قَلِيلٌ مِّنْهُم . . ْ ۖ
Ya’ni, “Agar biz ularga, o‘zlaringizni o‘ldiring yoki o‘zingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edi”. (Nisa 66-oyat)
Mazkur oyati karimada «nafs»- va «diyor»- ya’ni «jon»- va «vatan»- laringizdan deb, insonga eng shirin bo‘lgan jonini (ruhi) va vatanini bir joyda yonma -yon zikrini qildi.
Yana boshqa quyidagi oyati karimada:
قَالُوا وَمَا لَنَا أَلَّا نُقَاتِلَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَقَدْ أُخْرِجْنَا مِن دِيَارِنَا وَأَبْنَائِنَا
Ya’ni: Ular: «Bizga nima bo‘libdiki, diyorimizdan va farzandlarimizdan judo kilinsak ham. (Бақара-246)
Mazkur oyati karimada esa «abnaina» -va «diyarina» — deb, insonni qalb mevasi, o‘zi uchun eng aziz bo‘lgan farzandi va vatanini bir joyda yonma -yon zikrini qildi .
Alloh taolo boshqa oyatida:
لَّا يَنْهَاكُمُ اللَّهُ عَنِ الَّذِينَ لَمْ يُقَاتِلُوكُمْ فِي الدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُم مِّن دِيَارِكُمْ أَن تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوا إِلَيْهِمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ (8)
Ya’ni: Alloh sizlarni diniy urush kilmagan va diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat kilishdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi ko‘radir. (Mumtahana 8-oyat)
Mazkur oyati karimada ham «dini» — va «diyorikum»- deb insonga eng qadrli bo‘lgan dini bilan vatanini bir joyda yaqin zikrini qildi.
Bu oyati karimadagi dalolatlardan ma’lum bo‘ladiki, inson jonini qanday yaxshi ko‘rsa vatanni ham shunday yaxshi ko‘rishligi va farzandini qanday himoya qilsa vatanni ham shunday himoya qilmoqligi va dinini qanday qadrlasa vatanini ham shunday qadrlamoqligi vojib bo‘ladi .
Payg‘ambarimiz Sollolohu Alayhi Vassallam siyratlariga e’tibor beradigan bo‘lsak ham, Rosululloh Sollolohu Alayhi Vassallamning o‘z vatanlariga, kindik qoni to‘kilgan joyiga bo‘lgan muhabbatlari nihoyatda beqiyos edi. Vaqtiki Payg‘ambarimiz Sollolohu Alayhi Vassallam tug‘ilib o‘sgan yurti Makkai Mukarramadan majburan chiqarildilar. Bu holat Payg‘ambarimiz Sollolohu Alayhi Vasallamga og‘ir botdi va o‘zlari tug‘ilib o‘sgan vatani Makkaga qaradilar va qasam bilan aytdilar.
أن رسول الله صلى الله عليه وسلم وقف على الْحَزْوَرَةِ فقال: والله إنك لخير أرض الله وأحب أرضٍ إليَّ ولولا أن أهلك أخرجوني منك ما خرجت منك. ورواه الدارمي
Ya’ni: «Allohga qasamki albatta sen Allohni yerlarini eng yahshisisan va Allohga yerlarni ichida eng mahbubrog‘i sensan, agar sendan men majburan chiqarilmaganimda, men aslo sendan chiqmas edim» dedilar. So‘ngra, Payg‘ambarimiz Sollolohu Alayhi Vassallam Madina shahrida qo‘nim topdilar. Madinada turganlarida ham asl vatani bo‘lgan Makka shahridan hech qalblarini uzolmadilar, chunki Makka shahri qalblariga mahkam bog‘lanib qolgan edi. Shunda Payg‘ambarimiz Sollolohu Alayhi Vassallam Alloh taolodan duo qilib Madinani mahbub bo‘lishini so‘radilar.
اللهم حبب إلينا مدينة كما حببت إلينا مكة. او أشد.
Ya’ni: «Ey Robbim bizga Madinani mahbub qilginki, bizlarga Makkani mahbub qilganing kabi» – deb, ko‘p duo qilib so‘rardilar. Bu xabarlardan ma’lum bo‘ladiki , Rosululloh Sollolohu Alayhi Vassallam o‘z vatanlariga bo‘lgan muhabbatlari beqiyosligi, albatta mo‘minlarni vatanlariga muhabbatli bo‘lishlari bejizga emas ekan. Mo‘minlar dunyoni har bir ishlarida Payg‘amabarimiz Sollolohu Alayhi Vassallamga ergashganlar shu bilan birgalikda vataniga muhabbatlik va sadoqatlik bo‘lishida Rosululloh Sollolohu Alayhi Vassallamga ergashdilar.
Alloh taoloni oyatida:
لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّهَ كَثِيرًا (21)
Ya’ni: “Batahqiq sizlar uchun, Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo‘lganlar uchun va Allohni ko‘p zikr qilinganlar uchun Rosulullohda go‘zal o‘rnak bor edi”. (Ahzob 21)
Ana shu namunalardan biri vatanlariga bo‘lgan muhabbatlari albatta mo‘minlar har bir ishlarida Rosululloh Sollolohu Alayhi Vassallamdan namuna edilar va ular vataniga muhabbatli bo‘lishlarida ham namunani Payg‘ambarimiz Sollolohu Alayhi Vassallamdan oldilar.
Har bir inson o‘z vatanlariga nisbatan mehr va muhabbatli bo‘ladi. Arab diyorlarini olib qarasak, vatanlarini “ummul hanun” ya’ni mehribon ona, Misr diyorlarini esa “ummul dunyo” deyishadi. Bizning vatanimizni “ona vatan” deb aytishlik urfga aylangan. “Ona vatan” deyishlikda vatanni ulug‘lashlik bor va uni maqomini balandga ko‘tarilishi bor deydilar. Alloh haq subhanohu va taolo oyatlarida bandalarini vatanlariga muhabbatli bo‘lishiga ko‘p dalolatlarni qilganligi barchalarimizga ma’lum, albatta payg‘ambarimiz Sollolohu Alayhi Vassallam insonning vataniga muhabbati qanday bo‘lishida o‘zlari namuna bo‘ldilar.
E’tibor beradigan bo‘lsak mo‘minlarga vatanga muhabbatli bo‘lish shar’an, ya’ni Alloh taoloning buyrug‘i bo‘lib qoldi. Alloh taolo Baqara surasida (146 oyat) Vatan ximoyasidan kochgan kishilarni zolim deb atadi.
Kim vatan himoyasidan qochadigan bo‘lsa kattiq gunohkor bo‘ladi, vatan himoyachilarini esa, namoi amallariga ko‘p savob, ajr va mukofatlar yoziladi.
Payg‘ambarimiz Sollolohu Alayhi Vassallam vatanning tinchligi yo‘lida ko‘p g‘am chekardilar va uning himoyasida bo‘lganlarga bir kancha hushxabarlarni aytib ularni qalblarini hushnud qilardilar. Jumladan hadisi shariflarida payg‘ambarimiz Sollolohu Alayhi Vassallam aytadilarki:
فقد روى الترمذي وحسنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: عينان لا تمسهما النار، عين بكت من خشية الله، وعين باتت تحرس في سبيل الله.
Ya’ni: «Ikki ko‘z bor ularga o‘t tegmaydi ulardan biri Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z, ikkinchisi esa Alloh yo‘lida vatan chegaralarida uxlamasdan tong ottirgan bo‘lsa», bu ko‘zlardan murod ko‘z sohiblaridir. Yurtdoshlarimizni ko‘pchiligiga e’tibor bersak, Allohni baytiga borib qancha yig‘lab, ko‘z yosh to‘kadilar, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida ixlos bilan duolar qilishmoqdalar. Allohdan qo‘rqib, ko‘zlaridan yosh to‘kkanlar, degan hushxabar mana shu yurtdoshlarimizga bo‘ladi, ikkinchi hushxabar esa hozirgi kunda vatanimiz sarhatlarini dushmanlardan himoya qilib, tuni bilan uxlamay g‘ijja tortmasdan tong ottirayotgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizga ekan.
Demak, vatanni himoya qilishlik halqni, millatni tinchligiga o‘z hissani qo‘shishlik bo‘lsa, ohiratda esa katta ajr mukofatlarga ega bo‘lishlikka sabab bo‘lgan buyuk amallardan ekan .
Imomi G‘azzoliy shunday dedilarki «bashar o‘z yeriga garchi u tap-tariq sahro bo‘lsa ham, qattiq bog‘lanib qoladi. Vatanni sevish inson ruhiyatiga asl tabiatidir, ushbu tabiat yashashlikda huzur halovat undan uzoq bo‘lganida sog‘inch, hujum qilinganda mudofa va kamsitilganda g‘azab hislarini paydo qiladi. Bu hislatlarni hammasi tabiatimizda bor hislar ekan» .
Alisher Navoiy hazratlarini ham hayotlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, bir saroyda yurt hizmatida bulganlar, bir sabab bilan saroydan chetlatilganlarida vatanga bo‘lgan muhabbatlari, do‘stlardan ayriliq, sog‘inch sabablaridan, qalblaridagi so‘zlarni bayon qildilar.
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa
Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish.
Vatan hissi mo‘minlarga mana shunday bo‘lish vojib ekanlariga karamay, ba’zi bir kishilar ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizni yo‘llarini Yevropa yo‘llariga taqqoslashlari, biz qachon bunday ko‘chalarda yuramiz kabi so‘zlarni aytib yurganlarga guvoh bo‘lib qolamiz, ming afsus…
Bu yurt ko‘chalarida imomi Buhoriy, Naqshbandiy, At Termiziy, An Nasafiy, Al-Farg‘oniydek zotlar yurganlar. Bir o‘ylab ko‘raylik bulbul tikonzorni tillo qafasga almashmasa, biz mo‘minlarga vatanga muhabbatli bo‘lishlik Alloh taoloning buyrug‘i bo‘lsa bu fe’limiz bilan gunohkor bo‘lib qolishimizni o‘ylamaymizmi? Aksincha bir- birlamizni vatanga muhabbatli bo‘lishlikka ogoh etsak yurtimiz bundanda obod va farovon bo‘ladi. Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo‘lsin.
Mirzonazar Xusanov
Xoja buxoriy islom ta’lim muassasasi talabasi
