YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIK
26

Inson vafot etarkan undan qoladigan narsa faqatgina uning qilgan yaxshi-yu yomon ishlaridir. Insonlar uni shu ishlari bilan yaxshi inson edi deb, yoki aksincha eslashadi. Vafot etganda u bilan qabirga kiradigan u bilan yolg‘iz qoladigan uning amallari bo‘ladi. Jondan sevgan rafiqasi, ko‘zini qorasi bo‘lgan farzandlari, do‘st birodarlari-yu aka ukalari uni qabrga qo‘yadi-yu tezda tarqalishadi. Qabrda esa unga qilgan amallari yo‘ldosh bo‘ladi. Agar bu amallar yaxshi bo‘lsa qabri keng va nurli va lekin aksi bo‘lsa qabr torayadi va azoblaydi. Inson hayotlik chog‘ida solih amallarni qilmog‘i shu bilan birgalikda qabih, hunuk va razil odatlardan chetlanmog‘i lozim bo‘ladi. Qo‘ni-qo‘shniga yaxshilik qilish qarindoshlar bilan siylayi ramhni mustaxkam bog‘lash kabi, zero insondan faqat yaxshilik qoladi deydi dono xalqimiz. Bir o‘ylab ko‘ring! yaxshilik qilgan insonni hamma yaxshi ko‘radi, u bilan hamma suhbat bo‘lishni xoxlaydi. Doim hammaga yaxshilik qiladigan, tili shirin, hush muomula inson kimga ham yoqmaydi. Biz rosululloh sallollohu alayhi vasallamni siyratlarini o‘qisak rosulullohning xulqlari na qadar go‘zal ekanligini bilib olamiz. Go‘zal xulqlari, halimliklari, rostgo‘yliklari sababli u zodni bir ko‘rgan, bir marotaba gaplashgan odam u zodga muhabbati tushub qolgan. Yaxshilikning ortidan faqat va faqat yashilik keladi.
Aziz o‘quvchilar sizlarga shu zamonimizda yashayotgan bir o‘smir yigitni xayotida bo‘lib o‘tgan bir voqeani o‘z tilidan hikoya qilib bersam.
Kuz oylari, otam bilan bozorda tijorat qilamiz, bir safar savdomiz hech ham yurmadi. Yon atrofimizdagi savdogarlar o‘z maxsulotlarini sotar bizdan esa hech kim olay demasdi. Meni biroz ensam qotdi, yoshman, tabiyki bunday xolat menga yoqmadi, jahlim chiqdi. Shunda bu holatimni sezga otam: “e o‘g‘lim karvon ko‘p rizqi bo‘lak, senga bir narsa ko‘rsataymi”? dedilar. Men: “ha” dedim. Otam biz sotayotgan mahsulotlarning eng saralaridan bir qanchasini ehson qilib yubordilar. Men hanuz kuzatar edim. Oradan besh yoki olti daqiqa o‘tar o‘tmas rastamiz oldi haridorlar bilan to‘ldi. Shunda otam menga: “o‘g‘lim ehsonni mukofoti faqatgina ehsondir. Ehson bilan inson boyisa boyiydiki lekin qashshoqlashmaydi. Kim Alloh uchun bir bersa Alloh unga o‘n beradi” dedilar. O‘sha kuni savdoyimiz zo‘r bo‘ldi barcha mahsulotlarimizni sotib bo‘lib uyqa qaytdik va har safar otamni shunday qilganliklarini ko‘rdim. Va yana: “o‘g‘lim sadaqa raddi balo ( sadaqa balo qazoni ketkazadi)” der edilar. Bunga o‘xshash xolatlar sizlarning ham hayotingizda bo‘lgan albatta. Sadaqa, ehson qanday bolishi kerak?, kimlarga qilish kerak?, qancha ehson, sadaqa qilish kerak? Shunga o‘xshash savolar hammamizda topiladi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “chiroyli so‘z ham sadaqadir” dedilar. Imom Buxoriy rivoyati
Hafa bo‘lib o‘tirga odamga yaxshi gapirib ko‘ngliga bir xursanchilik kirg‘izishlik ham bir sadaqa bo‘ladi. Alloh taolo quronu karimda marhamat qiladi: “ehsonning mukofoti faqat ehsondir”. Ar-rohman surasi 60-oyat.
Bu zamazon oyi Alloh taolo bu oyda qilingan xayru ehsonlarning savobini boshqa oylarda qilingan hayru ehsonlarning savobidan bir necha barobar ko‘paytirib beradi. Insonning qilgan yaxshiliklari savobli amallari uni Alloh taoloning huzurida darajasini ko‘taradi. Shu qilgan ishi sababli Alloh taolo tapganiga baraka, oilasiga tinchlik, xotirjamlik, qalbiga ajib bir sakinat joylab qo‘yadi.
