XUSH KELDING MOHI RAMAZON

24

Ramazon oyi hijriy qomariy oylarning to‘qqizinchisi bo‘lib barcha oylarning sultoni hisoblanadi. Bu yil Ramazon oyi ko‘tarinki kayfiaytda kutib olinmoqda. Sababi bu yil ro‘za oyi bo‘lgan mohi Ramazanni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” deb atadilar. Ushbu g‘oya Ramazon oyining mohiyatini — saxovat, mehr-oqibat va minnatdorchilik ramzi sifatida ko‘rsatish maqsadida belgilangan. Bu haqda 2026-yilda Ramazon oyini munosib kutib olish va o‘tkazishga oid prezident qarorida qayd etilgan. Shu monosabat bilan biz aytim mulohazalar, bu oyda e’tibor berilishi kerak bo‘ladigan amallar haqida biroz suhbatlashamiz.

Ramazon so‘zi arab tilidan olingan so‘z bo‘lib qizimoq, kuydirmoq, qattiq issiq degan ma’nolarni ifodalaydi. Buni sababi Ramazon oyi issiq vaqtga to‘g‘ri kelganligidir. Savol bo‘lishi mumkin: Bu yil bizni yurtda Ramazon sovuq faslda keldiku? degan savol bo‘lsa, u kishiga: To‘g‘ri aytasiz, issiq havoga to‘g‘ri keladi degani bizni yurtda nazarda tutilmagan, balki Arabiston yarim oroli nazarda tutilgan. Lekin bu ma’noni Ramazon oyidagi amallar gunohlarni kuydirib yuboradi, degan ma’noda tushinishimiz mumkin.

Bu oyda imkon qadar ichki va tashqi gunohlardan saqlanishimiz kerak bo‘ladi. Ichki gunohlar turkumiga riyo(xo‘ja ko‘rsinga ish qilish), g‘iybat, yolg‘on so‘z aytish kabi o‘zigagina ayon bo‘ladigan amallar kiradi. Tashqi gunoh safiga kimgadir tili, qo‘li bilan ozor beriladigan ishlar kiradi. Musulmon kishi imkon qadar bu oyni ehtiromini joyiga qo‘yib, kuch g‘ayrat bilan ibodat mavsumidan foydalanib qolishi kerak bo‘ladi. Misol uchun inson o‘ziga-o‘zi: Agar biror gunoh ish qilin qo‘ysam yuz marta istig‘for aytaman, deb va’da berib amalga oshirsa insha Alloh gunoh ma’siyatlardan uzoqroqda bo‘ladi.

Robbimiz bu oyni barcha musulmonlarga barakotlik qilsin, himmat va g‘ayratimizni oshirsin!

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi TURDIBAYEV ANASXON