Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.

Barchamizni bu muborak Ramazon oyiga yetkazgan Allohga hamdlar bo‘lsin.

Aziz yurtdoshlar, musulmon dindoshlar, yuzlarga tabassum ulashib, qalblarga nur bo‘lib, oramizni mehr-muruvvatga to‘ldirib Ramazon kelmoqda. Bu shunday oyki Alloh subhanahu va taolo o‘z kalomi, Qur`onda zikr qilgan, Rasulimiz sollollohu alayhi vasallam hadislarida u haqida juda go‘zal basharotlar bergan, muborak oydir.

Agar bu oyni shunchaki sifatlasak ham bir kitob o‘laroq ma`lumot yuzaga keladi. Lekin bizning maqsadimiz siz azizlarga qalbingizga quvonch olib keladigan xushxabar larni yetkazmoqdir.

​عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:

​قَدْ أتاكُمْ رَمَضَانُ، شَهْرٌ مُبَارَكٌ، فَرَضَ اللَّهُ عَلَيْكُمْ صِيَامَهُ، تُفْتَحُ فِيهِ أَبْوَابُ السَّمَاءِ، وَتُغْلَقُ فِيهِ أَبْوَابُ الْجَحِيمِ، وَتُغَلُّ فِيهِ مَرَدَةُ الشَّيَاطِينِ، لِلَّهِ فِيهِ لَيْلَةٌ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ، مَنْ حُرِمَ خَيْرَهَا فَقَدْ حُرِمَ

 رواه أَحْمَدُ والنسائيُّ

Abu Hurayra roziyollohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollollohu alayhi vasallam: “Sizlarga muborak oy Ramazon keldi. Alloh bu oyning ro‘zasini sizlarga farz qildi. Bu oyda samo eshiklari ochiladi va jahannam eshiklari yopiladi va isyonkor shaytonlar kishanlanadi. Bu oyda Allohning bir kechasi bordir, u ming oydan yaxshidir, kim bu kechaning yaxshiliklaridan mahrum bo‘lsa batahqiq mahrum bo‘lindi.” dedilar.

Bu hadisdan nima foyda olamiz?

— Bu oyni Alloh taolo farz qilgani bu oyning qanchalar  muhim ekanligini bildiradi. Ro‘za tutishdagi biz bilgan va bilmagan juda ko‘p yaxshiliklar mavjudki Alloh bu oyda ro‘zani farz qildi.

— Bu oy barokatli ekanligini bu hadisdan ma`lum bo‘ladi. Hatto Qur`on shu oyda nozil qilindi.

— Hadisda samo eshiklari ochiladi deyildi. Bu eshiklardan murod esa jannatdir. Har bir musulmon borki jannatga kirishni maqsad qilgan.

— Jahannam eshiklari esa yopiladi deyildi. Demak gunohlar mag‘firat qilinishiga, bu oyda vafot etganlarga esa jannatga kirish yengil ekanligiga ishora bor.

— Bu oyda bir kecha borki ming oydan yaxshi deyildi. Kimki bu kechani topsa duolari ijobat bo‘lishiga ishora bor.

Aziz yurtdoshlar, yuqorida aytilgan bashorat va hursanchiliklar bilan birga kim bu oyning yaxshiliklaridan mahrum bo‘lsa rostdan ham mahrum bo‘libdi deyildi. Demak sizu-bizga bu oyni g‘nimat bilmoqlig‘imiz, o‘zaro bir-birimizni kechirgan holda, gina kuduratlardan holi bo‘lib bu oyga kirmoqg‘imiz, hadisdagi barcha yaxshiliklarga yetish uchun jiddu-jahd qilmog‘imiz lozim bo‘ladi.

Abu Hurayra roziyollohu anhudan qilingan yana bir rivoyatda Rosululloh sollollohu alayhi vasallam dedilar:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّ

 رواه ابن ماجة«رُبَّ صَائِمٍ لَيْسَ لَهُ مِنْ صِيَامِهِ إِلَّا الْجُوعُ، وَرُبَّ قَائِمٍ لَيْسَ لَهُ مِنْ قِيَامِهِ إِلَّا السَّهَرُ»

«Qancha ro‘za tutuvchilar borki, ularga ro‘zasidan faqat ochlik qoladi. Qancha (tungi namozda) turuvchilar borki, ularga turishidan faqat bedorlik qoladi».

Barcha amallar niyyatga bo‘g‘liq deyilganidek, bu oyda ro‘zamizni ham, namozda qoim bo‘lishimizni ham holis bo‘lishini Allohdan so‘rab qolaman.

Yomg‘ir ostida turgan kishini nam bo‘lishi, suvning pastga qarab oqishi, kun va tunni alashishi tabiiy bo‘lgani kabi, siz azizlarnign ham bu oydan gunhohlardan pok holda chiqishingizni tilab qolaman. Alloh barchamizni bu oyda yaxshilik ustida sobit qilsin.

Unutmaylik! Hech birimizda keyingi Ramazonga “chipta” yo‘q…

Balki bu — bizning oxirgi Ramazonimizdir.

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus ta`lim bilim yurti 2-A kurs talabasi Fayzullo Ismoil o‘g‘li