MAKTAB-ISSIQXONA KLASTERLARI ORQALI YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASH VA AMALIY TADBIRKORLIK MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH
72

Saidkarimov Shohjahon
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi
“Yosh ilmiy tadqiqotchi” a’zosi
Axborot va texnologiyalar asrida robotexnikaning rivojlanishi qo’l mehnatidan inson omilini ko’taryotgani ta’lim tizimida bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biri — nazariy bilimlarni amaliy tajribadan uzulib qolishini vujudga keltirdi. Endilikda zamonaviy o’quvchilar ulkan axborot oqimi ichida «bilimli» bo’lishi mumkin, lekin haqiqiy muammolar qarshisida oqilona qaror qila olish ko’nikmasiga doim ham ega emas.
«Kitob insonni ilmli qilsa, mehnat uni aqilli qiladi. Aql — inson uchun xos bo’lgan barcha go’zal hislatlar yig’indisidir.»
Zarif Ibodullayev
(Tibbiyot fanlari doktori, nevrolog)
Haqiqatdan ham, insoniy fazilatlar, diqqatni jamlash, mas’uliyat va tanqidiy fikrlash faqatgina nazariy mutolaa orqali bo’lmaydi, balki unga jismoniy mehnat va amaliyot ham zarurdir. Ushbu maqolada yuqori sinf o’quvchilari uchun maktab-issiqxona klasterlarini tashkil etish orqali, ularda ham intellektual, ham jismoniy, ham iqtisodiy rivojlantirish va hayotda muhim bo’lgan malakalarini oshirish tahlil qilinadi.
Bugun bozor iqtisodiyoti tobora jadalashishi oqibatida barcha servis va texnologiyalar insonlar uchun juda ham qulay komfort zonasini tashkil qilib bermoqda. Bu esa o’z o’rnida ularni beruvchilikdan oluvchilikka, ya’ni ishlab chiqaruvchilikdan iste’molchiga aylantirib qo’yayotgani bor gapdir. Shu bilan birgalikda maktab o’quvchilari bunday muhitda ularning jismoniy harakatlari kamayib, aqliy mehnatlari oshishi o’z navbatida mas’uliyat qabul qila olmaslik, diqqat tarqoqligi, daslarga loqaydlikni va gadjetlarga qaramlikni keltirib chiqarmoqda. Bu albatta jismoniy va aqliy muvozanatni buzilishidandir.
Yuqoridagi muammoning yechimiga jahon tajribasidan qaraydigan bo’lsak, Britaniya bog’dorchilik jamiyati (RHS) tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, maktab bog’dorchiligi o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatgichlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ularning muammolarni tahlil qilish va hal qilish ko’nikmalarini shakllantiradi.
Tadqiqotlar ochiq osmon ostida bo’lgani bois, O’zbekistonning iqlimi buni yil davomida olib borishni cheklaydi. Shu sababli, biz yopiq issiqxona tizimini taklif qilamiz. Bu nafaqat o’quvchilarda bu ko’nikmalarni shakllantiradi balki, unda barqaror va chuqur diqqat markazini shakllantirishga xizmat qiladi.
Issiqxona orqali o’quvchilar tuproq xususiyatlari, xona harorati, ekin turlari va ularni sotishni o’rganish orqali maktab darsliklari matematika, fizika, biologiya va iqtisodni amaliyotda ishlatib daromad qilib va qilgan daromadini oilasiga berib, o’zida faxr va mas’uliyatni his qila boshlaydi. Bu albatta ularni ertaroq katta hayotga jiddiy maqsadlar qo’yishga undaydi.
Biz taklif etayotgan maktab-issiqxona klasterlari O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining asosida bo’lib, ekilgan nihollarni parvarishlashni o’quvchilarning kundalik mehnat tarbiyasiga va iqtisodiy faoliyatiga aylantiradi.
“Maktab-issiqxona klasteri”ni tashkil qilishda tajriba tariqasida har bir viloyat yoki shahar, tumanda bittadan issiqxona tashkil qilish, uning faoliyatini maktab darsligi bilan bog’lovchi yagona o’quv metodi ishlab chiqish va o’quvchilar tomonida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan daromadni ularning shaxsiy yoki oilaviy byudjetiga yo’naltirishning huquqiy mexanizmini tuzish kerak bo’ladi.
O’quvchilarni faqat nazariy bilimlar bilan boyitish, ularni hayotiy muammolar oldida ojiz qilib qo’yishi mumkin. Maktab-issiqxona modeli orlaqi amaliy jarayonda shakllangan sabr, diqqat va mas’uliyat kabi insoniy fazilatlar har qanday nazariy diplomdan ustunroq ijtimoiy ko’nikmalarni rivojlantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Ibodullayev Z.R. https://www.youtube.com/watch?v=LcykC7wTOD4
- Diamond, A. (2000). Close interrelation of motor development and cognitive development and of the cerebellum and prefrontal cortex. Child Development, 71(1), 44-56.
- Ratey, J. J. (2008). Spark: The Revolutionary New Science of Exercise and the Brain. Little, Brown Spark.
- NFER/RHS (2010). Impact of School Gardening on Learning. National Foundation for Educational Research report.
