BUYUK SHOIR VA MUTAFAKKIR: ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODI
83

Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, avliyolarni avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
Islom Abdug’aniyevich Karimov.
Butun umrini turkiy til mavqeyini ko’tarish, turkiy adabiy imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, jamiyatda adolat va haqiqat mezonlarini qaror toptirishga qilishga bag’ishlagan, bobo-kalomimiz Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Xuroson o’lkasini poytaxti Hirot shahrida tavallud topadi. U zot yoshligidanoq ma’rifatli oila muhitida tarbiyalandi. Oilada uchunchi yoki to’rtinchi farzand bo’lib, maktabda bo’lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga tahsil olgan. Maktab yoshidanoq (ba’zi rivoyatlarda 5 yoshida) Fariduddin Attorning Mantiqut-tayr kitobini o’qib-o’rgangandir.
Navoiy hazratlari aytadilar-ki “Otam mendan havotir olib, u kitobni olib qo’yganlar, sababi u kitobni katta yoshdagilar ham zo’rg’a tushunadigan asar bo’lib, kichiklarga og’irlik qiladi deganlar. Vaholanki men u kitobni yod olib bo’lgan edim”. Bundan ko’rinib turibdi-ki, u zotning yoshlik chog‘idanoq betakror iste’dod sohibi bo‘lganini yaqqol ko‘rsatadi. U zot 7 va 8 yoshlaridan she’r yoza boshladi, turkiy she’rlarga Navoiy, forscha she’rlarga Foniy tahallusini qo’lladi.
1460-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashay boshlaydi. Poytaxt bo’lgan bu shahar u zotning hayotida o’chmas iz qoldirdi. Bu yerda u o’z davrining yetuk olimlaridan, xususan, shu kungacha asarlari Islom olamida mo’tabar sanalib kelayotgan Abu Lays Samarqandiydek odamdan darslar oladi. Keyinchalik , o’z asarlarida bu shaharni Firdavs-monand ya’ni Jannatmisol shahar deya ta’riflaydi.
Navoiyning yetuk shaxs sifatida kamol topishida Amir Temur rahmatullohi alayhining saroyida shakllangan ilmiy muhitning ta’siri beqiyosdir. Chunki, Amir Temur Alloma Taftazoniy, Sharif Jurjunoniy va yana boshqa qator olimlarni saroyda jamlagan. Ular saroyda turib, ijod qilgan, ilmni rivojlantirgan. Mirzo Ulug’bekni Hazrati Navoiyning o’zlari aytadilar — “7 qiroatning olimi edi”. Oddiy olim emas, 7 qiroatni jamlagan olim edi. Mirzo Ulug’bekni asosan, Xadichabegim tarbiya qilgan. Navoiy mana shu muhitda o’sgan, mana shu muhitdan sug’orilib, tafakkur shakllangan.
Navoiy nafaqat shoir, balki tilshunos, davlat arbobi va ma’naviyat targ‘ibotchisi ham edi. Uning “Xamsa”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr” kabi asarlari turkiy adabiyotning bebaho durdonalari hisoblanadi. Ayniqsa, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida u turkiy tilning boyligi va qudratini ilmiy asosda isbotlab bergan.
Alisher Navoiy til va ijod boyligini o‘rganishda har doim hayotiy misollarni sevgan. Shu ruhda aytish mumkinki:
Tuxum yerga kirib chechak bo’ldi,
Qurt jondin kechib ipak bo’ldi.
Lola tuxumichalik g’ayrating yo’qmi,
Pilla qurtichalik himmating yo’qmi.
Lolani urug’i yerga tusharkan, o’zidan bir necha ming barobar katta gulga aylanib, ko’zlarni quvnatadigan, dillarni yayratadigan lolaga aylanadi. Pilla qurti esa, ming zahmat chekib, tutni bargini yeb, o’zidan ipak hosil qiladi va insoniyatga qancha-qancha foyda keltiradigan matolar bo’lishligiga butun umrini tikadi, xizmat qiladi. Endi, bix inson bo’lib, o’sha Lola tuxumichalik, ipak qurtichalik himmatimiz, g’ayratimiz yo’qmiki hech kimga foydamiz tegmay o’tsa? Alloh taolo bizni ichimizga qalbimizga juda katta salohiyat solib qo’yganki buni topishlik asl hayotni vazifasi, buni ro’yobga chiqarib, o’zimiz o’ylaganda ming barobar ko’proq insoniyatga foyda keltirishimiz kerak ekanligini Hazrati Navoiy misollar orqali bizga yetkazyapti.
Olimlarning hisob-kitobi bo’yicha, Pushkin o’z asarlarida 21ming 197 ta, Shekspir salkam 20 mimgta, Servantes mingga yaqin, Navoiy esa 1million 378 ming 660 ta betakror so’z ishlatgan ekan. Boisi, buyuk ajdodimiz nafaqat, turkiy balki forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo’g’ul va boshqa tildagi so’zlardan ham mohirona foydalangan.
Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot edi. Zamondoshlari butun Hirotliklar shoirning tobuti orqasidan yig’lab borganliklarini xotirlarda yozib qo’ygandir. Bu hol Navoiy hazratlarining xalq qalbidagi beqiyos o‘rnini yaqqol namoyon etadi. Uning ijodi nafaqat o‘z davri uchun, balki barcha zamonlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher Navoiy qoldirgan bebaho meros bugungi kunda ham insonni komillikka chorlaydi, qalblarda Allohga muhabbat, payg‘ambarlar yo‘liga ergashish va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi. Shuning uchun ham Navoiy hazratlari xalq xotirasida shoirlarning sultoni, mutafakkirlarning peshvosi va ma’naviyatimizning abadiy chirog‘i sifatida yashab kelmoqda.
Madaminov Muhammadsharif
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi talabasi
