İSLOMIY XULQ
4

Alloh taologa hamd-u sano bölsin, gözal xulqlar sohibi bölgan Nibiyyimizga va u zotning ahli baytlariga va sahobalariga salavot-u salomlar bölsin.
Sizlar bilan ba’zi odob-axloqga doir hadislarni körib çiqsak:
عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ:
لَا يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى يُحِبَّ لِأَخِيهِ مَا يُحِبُّ لِنَفْسِهِ.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar:
«Sizlardan biringiz özi uçun yaxşi körgan narsani birodari uçun ham yaxşi körmaguniça (komil) mömin bölmaydi».
Bu sifat faqatgina musulmonlarning orasida bor, boşqa diyorlarda hamma özi uçun, öz manfaatlari uçun yaşaydi.Mömin kişi esa öziga yetgan ne’matlardan birodarlarini ham bahramand qiladi.Ğayridin kişi boyligini özi uçun sarflab rohatlansa, mömin birodarlariga sarflab undanda ortiqroq rohatni his qiladi.Bu işni esa dunyoviy manfaatlarni közlab emas balki Allohning roziligi, oxirat maşaqqatidan xalos böliş uçun qiladi.Bu sifat ahli saodatning orasida keng tarqalgan edi.Bizlar ham bu oliyjanob xislatga erişiş uçun harakat qilişimiz kerak.
عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ:
قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، دُلَّنِي عَلَى عَمَلٍ يُدْخِلُنِي الْجَنَّةَ. قَالَ: لَا تَغْضَبْ، وَلَكَ الْجَنَّةُ.
Ma’nosi:
Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar:
«Men: “Ey Allohning Rasuli, meni jannatga kiritadigan amalga yöllang”, dedim. U zot: “Ğazablanma, senga jannat böladi”, dedilar».
Bu hadisda ğazabni tiyish orqali jannatga erişiş haqida aytilmoqda.Hadisda zikr qilingan ,,ğazablanmaslik» sifatiga erişiş juda maşaqqat, zero sabr qiliş haqiqiy möminning xislatidir. Inson ğazabini bosib tura olişi irodasining kuçliligining belgisidir.Aynan ğazabni bosa oliş katta muammolarning oldini oladi.Çunki irodasiz insonlar keraksiz örinda ham ğazabini jilovlay olmaydi.
عَنْ عَلِيِّ بْنِ الْحُسَيْنِ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:
إِنَّ مِنْ حُسْنِ إِسْلَامِ الْمَرْءِ تَرْكَهُ مَا لَا يَعْنِيهِ.
Ali ibn Husayn rahimahullohdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Albatta, kişining öziga tegişli bölmagan narsani tark etişi — uning islomining gözalligidandir». — dedilar.
Demak kişining islomining gözal ekanligining belgisi öziga taaluqli bölmagan narsalarni tark qilişi ekan. Albatta mömin inson har-bir sözini öylab gapirişligi, behuda amallardan uzoq bölişi kerak.Aynan behuda amal va sözdan tiyiliş ilm olişda ham juda katta yordamçi böladi.Agar inson öziga boğliq bölmagan işlarni tark qilolsa işiga, hayotiga baraka kiradi.Hayot juda qisqa şuning uçun bu ko’z oçib -yumgulik davrdan unumli foydalanib qoliş kerak.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ:
مَنْ كَانَ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَلْيَقُلْ خَيْرًا أَوْ لِيَصْمُتْ.
Abu Hurayra raziyallohu anhu Nabiy alayhissalomdan rivoyat qiladi. Nabiy alayhissalom:
«Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bölsa, yaxşi söz aytsin yoki sukut saqlasin». — dedilar.
Bu hadis töğri söz bölişga, insolarga yaxşi sözlarni aytişga dalolat qiladi.Bu hadisga amal qilinsa inson kam gap bölib qoladi lekin sözlasa foydali sözni aytadigan böladi.Kimniki sözi oz bölsa xatolari ham oz böladi.
Shu 4ta hadisga inson amal qilibyurar ekan ,,islomiy xulq sohibiman» desa adaşmagan böladi, çunki ulamolarimiz bu 4ta hadis islomiy xulqlarni özida mujassam etganligini aytişgan.
AHMEDOV MANSURXON 3-KURS TALABASI
