بصر va نظر o‘rtasidagi farq
21

Arab tilida ko‘rish bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi bir necha so‘zlar mavjud bo‘lib, ular orasida بصر (basor) va نظر (nazor) eng ko‘p uchraydigan va ko‘pincha bir-biriga yaqin ma’noda qo‘llaniladigan so‘zlardir. Biroq ularning ma’nosi, ishlatilish doirasi va nozik manodagi farqlari mavjud. Ushbu maqolada basor va nazor tushunchalari lingvistik hamda ma’noviy jihatdan tahlil qilinadi.
- بصر (Basor) tushunchasi
Basor asosan ko‘rish qobiliyati yoki ko‘z orqali idrok etish ma’nosini anglatadi. U ko‘proq fiziologik va tabiiy ko‘rish bilan bog‘liq.
Asosiy xususiyatlari: Tug‘ma yoki berilgan ko‘rish qobiliyatini bildiradi va ko‘zning sog‘lom ishlashiga ishora qiladi shu blan birga ko’risgdagi doimiy va barqaror holatni ifodalaydi
Misollar:
أعمى البصر – ko‘r (jismonan ko‘ra olmaydigan)
قوة البصر – ko‘rish quvvati
Qur’ondagi qo‘llanilishi: Basor ko‘pincha Allohning sifatlaridan biri sifatida ham keladi: إِنَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ بَصِيرٌ (Albatta, U har bir narsani ko‘ruvchidir)
Bu yerda basar — mukammal, cheksiz va xatosiz ko‘rishni anglatadi.
- نظر (Nazor) tushunchasi
Nazor esa qarash, diqqat bilan boqish, kuzatish yoki tafakkur bilan qarash ma’nolarini bildiradi. U faqat ko‘z bilan ko‘rishni emas, balki aql va tafakkur ishtirokidagi qarashni ham o‘z ichiga oladi.
Asosiy xususiyatlari: Ongli va maqsadli qarash, vaqtinchalik harakat, fikr yuritish va tahlil bilan bog‘liq
Misollar:
نظر إلى السماء – osmonga qaradi
نظر في المسألة – masalani o‘ylab ko‘rdi, tahlil qildi
Bu misolda nazar “fikrlash” ma’nosida ishlatilgan.
- Basor va nazorning asosiy farqlari
Jihat Basar (بصر) Nazar (نظر)
Ma’no Ko‘rish qobiliyati Qarash, kuzatish
Xususiyat Tabiiy, doimiy Ongli, vaqtinchalik
Qamrovi Jismoniy ko‘rish Jismoniy + aqliy
Ishlatilish Holat va sifat Harakat va amal
Xulosa qilib aytganda, basor ko‘rish qobiliyatining o‘zi bo‘lsa, nazor ushbu qobiliyatdan foydalanib amalga oshiriladigan ongli harakatdir. Har bir nazor basorga muhtoj, ammo har bir basor albatta nazor bo‘lavermaydi. Bundan kelib chiqadikiy arab matnlarini tushunishda va diniy-ilmiy matnlarni talqin qilishda arab lug’atlarining ma’nolarini chuqur bilishlish muhim ahamiyatga egadur.
Abdullayev Oqiljon
Xoja Buxoriy lom ta’lim muassasasi o’qituvchisi
